Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“Liverpul”ning germaniyalik yarim himoyachisi Emre Jan faoliyatini Turinning “Yuventus” jamoasida davom ettiradi. Bu haqda “Sports.ru” xabar berdi.

Foto: Google Images

Foto: Google Images

24-yoshli Emre Turin superklubi bilan 5 yillik kelishuvga erishgan va tez orada shartnoma imzolanadi. Qayd etilishicha, hozirda shartnomaning hal etilishi lozim bo‘lgan kichik masalalari qolgan, xolos.

Jan “Yuventus”da yiliga 6 million yevro maosh ishlab topadi. Germaniyalik yarim himoyachiga, shuningdek, “Bavariya” hamda PSJ jamoalari ham qiziqish bildirgan edi. Ammo u o‘ziga asosiy tarkibda joy kafolatlashga va’da bergan “Yuventus” foydasiga qaror chiqardi.

Futbolchi ushbu mavsumda 26 ta o‘yinda 3 ta gol urib, 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Messining “Barselona”ga qaytish ehtimoli bor. Xavi va Leo doimiy aloqada bo‘lib turibdi 
Mahalliy
Farg‘onada Qirg‘izistondan keltirilgan psixotrop moddalar savdosi bilan shug‘ullanganlar ushlandi
Mahalliy
Qashqadaryo viloyatida qurilgan namunali uylar qulab tushish arafasida ekani aytilmoqda (video)