Kecha, 29-aprel sanasida futbol bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining 9-tur bahslari boshlandi.
Turning dastlabki o‘yini Bekobodda bo‘lib o‘tdi. Unda mezbon “Metallurg” “Buxoro”ga qarshi maydonga tushib, 2:1 hisobidagi g‘alabani tantana qildi.
Ikkinchi o‘yin vodiyda “Navbahor” hamda “Neftchi” o‘rtasida kechdi. Bellashuv tomonlarning 1:1 hisobidagi durangi bilan yakunlandi.
Turning markaziy o‘yini “Lokomotiv” va “Paxtakor” jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda hisob ochilmadi.
Bugun 9-tur doirasida yana 3 ta uchrashuv bo‘lib o‘tadi.
Jumladan, Navoiyda “Qizilqum” Olmaliqning AGMK jamoasini qabul qiladi. Bellashuv 18:00 da boshlanishi belgilangan.
Qo‘qonda “Qo‘qon-1912” jamoasi Mirjalol Qosimov boshchiligidagi “Bunyodkor”ga qarshi bahs olib boradi. Bu o‘yin ham 18:00 da boshlanadi.
Turning so‘nggi o‘yini Qarshida “Nasaf” hamda Jizzaxning “So‘g‘diyona” jamoalari o‘rtasida kechadi. Uchrashuv 20:00 da boshlanishi rejalashtirilgan.
Pepsi Superliga
9-tur bellashuvlari
29-aprel, yakshanba
Izoh (0)