Tayvanda ro‘y bergan yirik yong‘in oqibatida yetti kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Qurbonlar orasida tailandlik ikki mehnat muhojiri va besh nafar o‘t o‘chiruvchi bor.
Bundan tashqari, o‘t o‘chirish xizmatining yetti nafar xodimi turli jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizildi. Ulardan ikki nafarining ahvoli og‘ir deb baholanmoqda.
Izoh (0)