Gvadalaxara audiovizual media universitetining uch nafar talabasi 19-mart kuni o‘quv filmi syomkasidan qaytayotganda o‘g‘irlab ketilgan, deb yozadi Meduza.
25 yoshli Xavyer Salomon Aseves Gastelum, 20 yoshli Marko Garsia Fransisko Avalos va uning tengdoshi Xesus Daniel Diasni politsiya formasidagi olti nafar qurollangan odam ikkita yo‘ltanlamasda o‘g‘irlab ketgan.
Bir oydan ortiq vaqt davomida ularning taqdiri haqida hech narsa ma’lum bo‘lmagan. Gvadalaxara va boshqa shaharlarda talabalarni qidirishni talab qilgan norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tgan. 23-aprel kuni prokuratura talabalar “Xalisko yangi avlodi” narkokarteli a’zolari tomonidan o‘ldirilganligini ma’lum qildi. Dalillarni yo‘q qilish uchun ularning jasadlari oltingugurt kislotasida eritilgan.
Tergovchilar fikricha, talabalar ulardan birining xolasi bilan bog‘liq uyga syomka uchun borgan. Bino yana bir kartel — “Yangi maydon” a’zolari uchun boshpana sifatida foydalanilgan. “Yangi avlod” a’zolari raqobatchilari uyini kuzatgan va talabalarni “Yangi maydon” a’zolari deb gumon qilgan.
QBA taxallusi bilan mashhur reper Kristian Palma Gutyeres “Yangi avlod” narkokarteli buyurtmasi bilan jasadlarni kislota yordamida yo‘q qilgan. Hozirgi paytda u qamoqda bo‘lib, aybini tan olib ko‘rsatma bergan.
Izoh (0)