Rossiyaning Novosibirsk shahridan Sokur qishlog‘iga ketayotgan elektrichkaning barcha 166 yo‘lovchisi nazoratchi tomonidan topilgan shubhali korobka tufayli evakuatsiya qilindi. Voqea haqida Meduza hikoya qilmoqda.
https://twitter.com/RussiaMoscow/status/989804105773338624
Elektrichka yo‘lovchilari yana Novosibirskka olib borib qo‘yildi, poyezd esa berk ko‘chaga olib kirildi. Voqea joyiga yetib kelgan kinologlar korobkada mushuklar borligini aniqladi.
Beshta mushukchani uy jonivorlari muammolari bo‘yicha munitsipial markazga olib borishdi. 27-aprel kuni “Varejka” jonivorlarga yordam berish jamg‘armasi ko‘ngillilari ularning uchtasini olib ketdi. Yana ikkitasini markaz xodimlari boqib oldi.
Izoh (0)