Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Rossiyaning Suriyadagi urushayotgan tomonlarni yarashtirish markazi rahbari general-mayor Yuriy Yevtushenkoning ma’lum qilishicha, Sharqiy Gutaning 63 mingdan ortiq aholisi qochoqlar lageridan o‘z uylariga qaytgan, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.

Foto: Reuters

Foto: Reuters

“Tomonlarni yarashtirish Markazining va Suriya hukumatining qo‘llab-quvvatlovi sabab qochoqlar lageridagi 63 164 nafar aholi o‘zlarining Sharqiy Gutadagi uylariga qaytdi”, — deydi Yevtushenko.

Shuningdek, uning qo‘shimcha qilishicha, yarashtirish markazi Damashq viloyatidagi Jab-As-Safo aholi punktiga gumanitar yordam ko‘rsatgan. Odamlarga 450 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari yetkazilgan. Gumanitar yordamning jami og‘irligi ikki tonnani tashkil etadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda yanvar oyida kimlarga eng yuqori maosh taklif qilindi?
Dunyo
“Rossiya yutqazadi, Ukraina g‘alabasi dunyoni o‘zgartiradi”: Zelenskiy Buyuk Britaniya parlamentida nutq so‘zladi (video)
Mahalliy
Qoraqalpog‘istondagi uyda gaz portlashi oqibatida bir kishi vafot etdi