Peruda arxeologlar qurbonlikka keltirilgan bolalar dafn qilingan ulkan qabrni aniqladi. Undan taxminan 140 ta skelet topilgan. Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, topilma bugungi kunda ma’lum bo‘lgan eng yirik qabr hisoblanadi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar berdi.
5 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar va taxminan 18 oylik bo‘lgan 200 ta lama taxminan 550 yil avval o‘ldirilgan. Bolalar Kolumb madaniyatigacha rivojlangan Chimu imperiyasiga tegishli bo‘lgan. Bolalar va hayvonlarda qovurg‘alar aralashib ketgan, suyaklarda kesilgan izlar ko‘rinib turibdi. Ular bilan birga uch nafar katta yoshli kishi, xususan, boshidan og‘ir jarohat olgan ikki nafar ayol ham ko‘milgan.
Qabrlarni qurib qolgan balchiq qatlami qoplab olgan edi. Qatlam kuchli yomg‘irlar oqibatida yuz bergan toshqinlar sababli paydo bo‘lgani taxmin qilinmoqda.
Izoh (0)