Saudiya Arabistonining ko‘plab mintaqalari, jumladan mamlakat poytaxti Riyodga kuchli qum bo‘roni yopirildi, deb yozadi “Islam Today”. Chang bo‘roni transport vositalarining harakatlanishini qiyinlashtirdi. Maktablar yopildi. Bo‘ron boshqa hududlarga ham o‘tishi kutilmoqda. Chang bo‘ronlarining yuzaga kelishi shimoli-g‘arbiy shamollar bilan bog‘liq. Antisiklon o‘rnini siklon girdoblari egallaganda shamol ham kuchayadi.
Mavzuga doir
×
Izoh (0)