Torontoda piyodalar ustiga mashina haydagan shaxsning ismi sharifi e’lon qilindi. U 25 yoshli Alek Minassyan bo‘lib chiqdi deb, “RIA Novosti” ma’lumotiga tayanib Sputnik xabar qiladi.
23-aprel kuni mikroavtobus piyodalar ustiga chiqib ketishi oqibatida 10 kishi qurbon bo‘lgan, 16 kishi jarohatlangan edi. Ushbu voqea odam gavjum chorrahada sodir bo‘lgan.
Ushbu jinoyat ataylab amalga oshirilgani ma’lum bo‘lsa-da, politsiya hozircha buni terakt deb atagani yo‘q. Jinoyatchi voqea joyidan g‘oyib bo‘lgan, lekin keyinchalik politsiya tomonidan qo‘lga olingan.
Kelib chiqishi MDH mamlakatlaridan biri bo‘lgan Minasyanning fuqaroligi ham hozircha e’lon qilingani yo‘q. Faqat u Torontoda maktabni bitirgani ma’lum. Ushbu jinoyatni amalga oshirishi sabablari ham ma’lum emas.
Izoh (0)