Amerikaning Nort-Sent-Pol shahrida (Minnesota shtati) o‘t o‘chiruvchi yonayotgan bino derazasidan pastga tashlangan chaqaloqni tutib oldi. Bu haqda Minneapolis Star Tribune xabar bermoqda.
Uch oylik chaqaloqni ko‘targan erkak yonayotgan ko‘p qavatli uyning ikkinchi qavatida paydo bo‘ldi. U boshqa yo‘lni ko‘rmayotganligini aytib, chaqaloqni qutqaruvchiga tashladi.
O‘t o‘chiruvchi bunga tayyorgarlik ko‘rmaganligiga qaramasdan, chaqaloqni tutib olishni uddaladi.
Yong‘in qurbonlarsiz bartaraf etildi. Yonayotgan uyning 25 ta xonadonida yashovchi fuqarolar, jumladan chaqaloqning otasi qutqarildi. Bundan tashqari, o‘t o‘chiruvchilar ikkita mushukni olovdan chiqarib olishga erishdi.
Izoh (0)