Janubiy Koreya va KXDR ikki mamlakat yetakchisining sammitiga tayyorgarlikni deyarli yakunladi. Sammit 27-aprel kuni Pxanmunjom chegara punktining janubiy tomonida bo‘lib o‘tadi. Bu haqda 24-aprel kuni Janubiy Koreya prezidentining ma’muriyati xabar berdi, deb yozadi “TASS”.
Ma’muriyat vakilining so‘zlariga qaraganda, tomonlar eng kichik tafsilotlarni ham muvofiqlashtirgan va 25-aprel, chorshanba kuni Mun Chje In va Kim Chen In uchrashuv marosimining yakuniy repetitsiyasini o‘tkazadi.
Yonhap agentligining ma’lum qilishicha, ikki mamlakat yetakchilarining protokol xizmatlari 27-aprel kungi harakatlar tartibini soniyalargacha belgilab chiqqan. Har bir harakat, jumladan, yetakchilarning birinchi qo‘l siqishi uchun ham aniq vaqt belgilangan, barcha harakatlanishlar uchun esa aniq marshrut belgilangan.
Izoh (0)