AQSh Davlat departamenti vakili G7 mamlakatlari Rossiya bilan muloqot uchun ochiqlikni saqlab qolishini ma’lum qildi. Bu haqda Reuters agentligiga tayanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Biroq, uning so‘zlariga qaraganda, G7 shuningdek “yovuz harakatlar” va boshqa davlatlarni “beqarorlashtirish” bo‘yicha harakatlari uchun Rossiyaga javobgarlik yuklaydi.
U, shuningdek, “Katta yettilik” mamlakatlarining tashqi ishlar vazirliklari rahbarlari “Rossiyaning salbiy xatti-harakatlariga qarshi turish” borasida bir xil fikrda ekanligini ta’kidlagan.
Izoh (0)