AQShning Procter & Gamble transmilliy kompaniyasi Germaniyaning farmasevtik va kimyoviy ishlab chiqarish bo‘yicha giganti Merck KGaA kompaniyasini sotib olish bo‘yicha shartnoma imzoladi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, xarid summasi taxminan 4,2 milliard dollarni tashkil qiladi. Merck’ning xarid qilinishi kompaniyaning mavjud brendlari qatorini hamda retseptsiz dorilar va salomatlik bo‘yicha vositalar segmentini to‘ldiradi.
Izoh (0)