AQShning Alabama shtati hukumati 19-aprel kuni odamlar orasida qurbonlar bo‘lishiga olib kelgan portlashlarni uyushtirishda aybdor deb topilgan 83 yoshli Uolter Leroy Mudini qatl qildi, deb yozadi “TASS”.
Hukm shtat janubidagi Atmor shahrida joylashgan qamoqxonada o‘lim inyeksiyasini kiritish yo‘li bilan ijro etildi. Bu 2018-yilda mamlakatda amalga oshirilgan sakkizinchi o‘lim jazosi bo‘ldi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Mudi AQShda Oliy sud ushbu jazo chorasini mamlakat hududining katta qismida qayta tiklagan 1976-yildan buyon qatl etilgan eng keksa mahbus bo‘ldi.
Mudi pochta orqali bombalar solingan posilkalarni yuborgan. 1989-yilda portlovchi qurilmalardan biri ishga tushishi natijasida okrug sudyasi, boshqa bir portlashda esa qora tanli huquqshunos halok bo‘lgan. Bundan tashqari, Mudi tahdidli xatlarni jo‘natgan. U oxirigacha o‘z aybini rad etib kelgan.
Izoh (0)