Telegram messenjerini bloklash uchun haqiqiy sabab uning egasining o‘z kriptovalyutasini ishga tushirish rejalari bo‘lishi mumkin, deb yozadi “RBK”.
18-aprel kuni FXX 12-markazi xodimi hamkasblariga maktub yo‘lladi. Unda Rossiyada Telegram’ni bloklashning haqiqiy sababi Pavel Durovning messenjer asosida nazorat qilib bo‘lmaydigan moliyaviy tizimni ishga tushirish istagi ekanligiga aniqlik kiritadi.
“Hamkasblar, voqea umuman siz tushungandek emas! Voqea kalitlar va terrorizm haqida emas… Pasha Durov yangi Mavrodi bo‘lishga qaror qildi. Yangi kriptovalyutani ishga tushirish orqali Rossiyada umuman nazorat qilib bo‘lmaydigan moliyaviy tizimga ega bo‘lamiz. Va bu marginallar uchun bitkoin emas, u oddiy, ishonchli va nazorat qilib bo‘lmaydigan bo‘ladi. Bu mamlakat xavfsizligiga tahdid… Barcha narkotiklar, naqdlashtirish va organlar savdosi Pashaning kriptovalyutasi orqali o‘tadi, u esa ‘Mening aloqam yo‘q, so‘zlarni taqiqlang, ulardan terrorchilar foydalanmoqda’ deydi”, — deyiladi Roman Antipkin tomonidan imzolangan maktubda.
Izoh (0)