Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan “Lukoyl” kompaniyasining O‘zbekistondagi faoliyatini muhokama qildi, deb xabar beradi “TASS”.
“Markaziy Osiyodagi eng yirik majmualardan biri hisoblanuvchi Qandim gazni qayta ishlash majmuasining 19-aprelda ishga tushirilish ahamiyati alohida qayd etildi. Rossiyaning ‘Lokoyl’ kompaniyasi ishtirokida bunyod etilgan yuqori texnologik mazkur tashkilot O‘zbekiston neft va gaz tarmog‘ining rivojlanishiga samarali xizmat qiladi”, — deyiladi Kreml matbuot xizmati xabarida.
O‘zbekiston tomonining tashabbusi bilan o‘tkazilgan suhbat chog‘ida Rossiya bilan O‘zbekiston o‘rtasidagi barcha sohalarda strategik sheriklik va hamkorlikni yanada mustahkamlash borasidagi kelishuvlar tasdiqlandi. Shuningdek, ikki mamlakat prezidentlari yuqori darajada o‘tkaziladigan aloqalar jadvalini muhokama qildi.
Izoh (0)