• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12917.1
    • RUB160.14
    • EUR14460.69
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Bobomurod Abdullaning advokati sun’iy dalillar yaratilayotganini ma’lum qildi

    16—18-aprel kunlari Jinoyat ishlar bo‘yicha Toshkent shahar sudida Bobomurod Abdullayev, Hayotxon Nasriddinov, Shavkat Olloyorov hamda Ravshan Salayevlarga nisbatan navbatdagi sud majlisi bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi “Gazeta.uz”.

    Foto: “Gazeta.uz”

    Foto: “Gazeta.uz”

    Bobomurod Abdullayevning advokati Sergey Mayorov o‘z himoyasi ostidagi shaxsga nisbatan dalillar sun’iy ravishda yaratilgani hamda hujjatlar soxtalashtirilayotganini ma’lum qilgan bo‘lsa, davlat ayblovchisi esa tergov boshlangach “O‘zbekiston xalq harakati” saytidagi maqolalar tahrirlanganini bildirdi.

    Sergey Mayorovning ta’kidlashicha, ish materiallari va sud tergovida olingan ko‘rsatma hamda dalillar bilan tanishish vaqtida ularni sun’iy yaratish va soxtalashtirish faktlari aniqlangan.

    Iltimosnoma №1

    Himoyachining ta’kidlashicha, tergov organi ish materiallariga MXXning (hozirda Davlat xavfsizlik xizmati) tezkor xodimi Temur Yoqubov tomonidan tayyorlangan va imzo chekilgan soxta hujjatlar tirkab qo‘yilgan. Gap 2017-yilning 28-sentabrida “Usmon Haqnazarov” ismi yodga olingan internet-maqolalarni ko‘zdan kechirilganligi borasidagi protokol haqida ketmoqda.

    Sergey Mayorovning so‘zlariga ko‘ra, protokolda keltirilgan to‘qqizta internet-maqola 28-sentabrdan so‘ng paydo bo‘lgan. Ular 29-sentabrdan 18-oktabrga qadar e’lon qilingan. So‘nggi maqolaga “Bizning jamiyatda Haqnazarov bo‘lish — jinoyat emas, balki sharafdir” sarlavhasi qo‘yilgan. Advokat 28-sentabrdagi protokol kamida 19-oktabrdan keyin tuzilgan deya hisoblamoqda.

    “Bu shuni ko‘rsatadiki, guvoh T.Yoqubov hamda mutaxassis K.Saydaliyev sudda yolg‘on ko‘rsatma bergan. Ta’kidlash lozimki, K.Saydaliyev ikki marta yolg‘on ko‘rsatma bermoqda: birinchi marta 2017-yil 15-oktabr sanasi qo‘yilgan ko‘rsatmada, ikkinchi marta — 2018-yilning 11-aprel kuni bo‘lib o‘tgan sudda”, — deya ta’kidlaydi Sergey Mayorov.

    Shuningdek, ayblanuvchi tomonning ta’kidlashicha, tergov organi mazkur ish materiallariga yana bir “soxta hujjatni” qo‘shib qo‘ygan: K.Saydaliyev guvoh sifatida tergov qilingan protokol. Saydaliyev unda internet-maqolalarni ko‘rish va ko‘chirib olish 14-oktabr kuni internet-kafeda bo‘lib o‘tganini ma’lum qilgan.

    Himoyachi tarafning aytishicha, 11-apreldagi sud majlisining kotibi guvoh T.Yoqubov hamda K.Saydaliyevning ko‘rsatmalarini protokolga kiritgan. Undan guvohlar birgalikda 28-sentabr kuni to‘qqizta maqolani (advokat ta’kidlaganidek, 28-sentabrdan so‘ng paydo bo‘lgan) ko‘rib chiqqanliklari keltirib o‘tilgan.

    Saydaliyevning shaxsiy ko‘rsatmasiga ko‘ra, har bir maqolani ko‘rib chiqish va undan nusxa ko‘chirish uchun taxminan 10 daqiqa sarflangan. Shundan kelib chiqiladigan bo‘lsa, 142 ta internet-maqolani ko‘rib chiqish va ulardan nusxa ko‘chirish uchun 1400 daqiqa yoki 23 soat kerak bo‘ladi. Ish tushlikka yaqin boshlangani hisobga olinadigan bo‘lsa, u protokolda ko‘rsatilganidek 11:30 da yakunlangan bo‘lishi mumkin emas, deya ta’kidlaydi advokat.

    Advokat 16-aprel kuni Yoqubov va Saydaliyev tomonidan imzolangan 28-sentabrdagi tekshiruv protokolini, shuningdek, Saydalievning 15-oktabrda so‘roq qilingani haqidagi protokolini ish yuzasidan soxta dalillarni keltirib chiqargan deya hisoblash va ularni ishonchsiz hamda noto‘g‘ri deya baholash bo‘yicha iltimosnoma taqdim etgan.

    Himoyachi Yoqubov va Saydaliyevni guvoh sifatida qaytadan so‘roq qilishni, 28-sentabrdagi protokolni imzolaganlarni so‘roq uchun sudga chaqirishni, shuningdek, DXXga T.Yoqubovga nisbatan xizmat tekshiruvi o‘tkazishni topshirishni so‘ramoqda.

    Shuningdek, iltimosnomada keltirilishicha, ish materiallariga tergov organi tomonidan soxta hujjat tirkab qo‘yilgan — tergovchi A.Veselyovning mutaxassis Saydaliyev ishtirokida 14-oktabr kuni tuzgan tekshiruv protokoli. Mazkur protokolda 142 ta maqola haqida so‘z boradi, jumladan, ulardan birining sanasi 18-oktabr qilib ko‘rsatilgan.

    Iltimosnoma №2

    Segey Mayorov 14-oktabrdagi protokolning soxtaligini asoslovchi faktlarni keltirib o‘tdi. 18-oktabrdagi maqolalar ro‘yxatidan kelib chiqadigan bo‘lsak, “K.Saydaliyev dastlab 15-oktabr kuni tergovchiga, shundan so‘ng 11-aprel kuni sudda yolg‘on ko‘rsatma bergan”, “tergovchi A.Veselyov esa jinoyat ishi bo‘ycha soxta dalil tayyorlagan”.

    “Bu shuni anglatadiki, tergovchining 16-oktabr, 19-oktabr hamda 30-oktabrdagi qaroriga ko‘ra Ruspublika sud ekspertiza Markaziga teshiruv uchun taqdim etilgan uchta ish — qayerdan kelib chiqqani noma’lum. Bu esa ekspertlarning 11, 18 va 29-dekabrdagi xulosalari mazkur ish bo‘yicha isbot bo‘la olmasligini anglatadi, aniqroq aytadigan bo‘lsak — ishonchsiz, soxta va tabiiyki ishonarsiz dalil”, — deya qo‘shimcha qiladi himoyachi.

    Advokat 16-apreldagi ikkinchi iltimosnomada Veselyov va Saydaliyevni 14-oktabrdagi tekshiruv protokolini tuzish yuzasidan guvoh sifatida so‘roq qilishni, protokolga imzo chekkan guvohlarni sudga chaqirishni, shuningdek, DXXga tergovchi Veselyov tomonidan o‘z majburiyatlari doirasida protokol rasmiylashtirganiga aniqlik kiritish maqsadida xizmat tekshiruvini o‘tkazishni topshirishni so‘radi.

    Advokat sud majlisida mutaxassislarni “O‘zbekiston xalq harakati” saytiga kirishga, dastlab ekspertlarga taqdim etilgan maqolalarni ko‘chirib olib, sud qaytadan uch turdagi sud-filologik, sud-polito-lingvistik va sud-filologik ekspertizasidan o‘tkazilishni so‘radi.

    Sergey Mayorov tergovchilarning 16, 19 va 30-oktabr kunlari sud ekspertizalarini tayinlash to‘g‘risida “yolg‘on ma’lumot berish va kelib chiqish manbasi bo‘lmagan internet maqolalarini taklif qilish” kabi qarorlarini tan olmaslikni so‘radi.

    Himoya tomoni tergovchilarning “Usmon Haqnazarov” ismi yodga olingan maqolalar yozilgan magnit tashuvchi borasidagi qarorlarini tan olmaslikni talab qildi, chunki u “hujjat ishonchsiz va tasdiqlanmagan dalillar asoslangan”.

    Advokat ekspertlar O.Pitirimov va N.Soliyevni qaytadan so‘roq qilishni so‘radi, bundan maqsad tekshiruv predmeti bo‘lib nima sababdan 18-oktabrdagi maqola xizmat qilganini, vaholangki tergovchining qarorida 16-oktabr sanasi ko‘rsatilganiga aniqlik kiritish. Shuningdek, maqolalarda hukumatni egallash va konstitutsion tuzumga tajovuz qilishni tasdiqlovchi aniq jumlalarni mavjud yoki yo‘qligini aniqlash lozimligi so‘raldi.

    Advokat ekspert N.To‘laganov ham qaytadan so‘roq qilinishini so‘radi.

    Sud ajrimi

    Sud Yoqubov va Saydaliyevni guvoh sifatida qaytadan so‘roq qilish va 28-sentabrdagi protokolga imzo chekkan guvohlarni sudga chaqirish borasidagi iltimosnomani qondirdi.

    Shuningdek, 14-oktabrdagi tekshiruv protokoliga imzo chekkanlar ham sudga guvoh sifatida chaqiriladi. Bundan tashqari DXXdan tergovchining 19-oktabrdagi sud ekspertizasi borasidagi qarorini taqdim etish ham talab qilinadi.

    Sud sud majlisi davomida jalb etilgan mutaxassislarga “O‘zbekiston xalq harakati” saytiga kirishga va ekspertiza uchun u yerdagi maqolalarni qaytadan ko‘chirib olishga ruxsat berdi.

    Maqolalarning tahrirlanishi

    18-apreldagi sud majlisiga Toshkent axborot texnologiyalari universiteti qoshidagi Axborot texnologiyalar markazining axborot xavfsizligi bo‘limi boshligi taklif etildi. U 142 ta maqolani advokatlar va sudlanuvchilar ishtirokida ko‘rish uchun qaytadan ko‘chirib oldi.

    Jarayon boshlanishidan oldin prokuror Bobomurod Abdullayevdan “Usmon Haqnazarov” taxallusi ostida yozgan maqolalari ro‘yxatini taqdim etishni so‘raganini, biroq hamon bu ish amalga oshirilmaganini ma’lum qildi. Davlat ayblovchisi Abdullayev sud jarayonini cho‘zishga atay urinayotgani va bu orqali “O‘zbekiston xalq harakati” sayti ma’murlariga maqolalarning mazmunini o‘zgaritish uchun vaqt yaratib berayotganini ta’kidlab o‘tdi.

    Prokuror misol sifatida “Suriya darslari va ‘tinchliksevarlarga’ javoblar” maqolasini keltirib o‘tdi, mazkur maqolaga o‘zgartirish kiritilgan va ayrim jumlalari o‘chirib tashlangan. Xususan, “Karimovni harbiy to‘ntarilishiga qarshilar” jumlasi “Karimovga qarshi faol kurash olib borayotgan muxolifatchilar” deya o‘zgartirilgan, “harbiy” va “tinchliksevar” so‘zlari tegishli ravishda “faol” va “nofaol”ga almashtirilgan. “To‘ntarish” so‘zi — “qutulish” va “o‘zgartirish”, “qurolli harakat” jumlasi — “faol qarshilik”ka, “qurolli kurash” — “bo‘ysunmaslik”ka va hokazo o‘zgartirilgan.

    Bobomurod Abdullayev maqolalarning tahrirlanishiga o‘zining aloqasi yo‘qligini ma’lum qildi, chunki tergov boshlanganidan buyon u izolyatorda. Avvalroq, esa sudlanuvchi ushbu maqolani va yana bir nechta maqolani o‘zi yozmaganini aytgandi. Davlat ayblovchisi o‘zgartirishlarni sudlanuvchining hamtovoqlari amalga oshirganini so‘zladi.

    Himoya prokuror tomonidan matnlarning to‘g‘irlanishi borasidagi dalilliy hujjatlarni jinoyat ishi materiallariga qo‘shilishiga qarshi chiqdi. Sud hozircha mazkur masala yuzasidan yakuniy qarorni qabul qilmadi.

    Prokurorning bayonotidan so‘ng, tomonlar “Usmon Haqnazarov” taxallusi qo‘yilgan barcha maqolalarni ko‘rib chiqishga kirishdi. Abdullayev o‘zi mualliflik qilgan maqolalarga aniqlik kiritdi.

    Maqolalarni ko‘rib chiqish vaqtida prokurorning tanbehi tasdiqlandi, shundan so‘ng mutaxassislar maxsus sayt yordamida maqolalarning internetdagi arxiv nusxalari ko‘chirib oldi, ular jinoyat ishi materillarida keltirilgan maqolalar matniga to‘liq mos kelgan.

    Sergey Mayorov yana bir iltimosnoma bilan chiqib, “O‘rim” loyihasining elektron varianti joylashgan magnit tashuvchilar taqdim etilishini so‘radi. Bundan maqsad mazkur fayl qachon paydo bo‘lganini, qayerga ko‘chirilganini, o‘zgartirish kiritilganmi yoki yo‘q va hokoza tafsilotlarga oydinlik kiritish.

    Jinoyat ishi bo‘yicha navbatdagi sud majlisi 23-aprel kuni bo‘lib o‘tadi.

    Mavzuga doir: “U o‘zi kelgan edi”… Bobomurod Abdulla ishi bo‘yicha tergovchilar yopiq rejimda ko‘rsatma berdi

    20.04.2018, 11:53   Izoh (0)   22797
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentda tog‘asini 50 ming dollarga tushirgan jiyan qo‘lga olindi

    20.04.2018, 11:41

    O‘zbekiston TIV delegatsiyasi “Osiyo yuragi – Istanbul jarayoni” forumi majlisida ishtirok etdi

    20.04.2018, 11:30

    O‘zbekistonda muqobil energiyaga to‘liq o‘tgan uylar egalariga soliq imtiyozlari beriladi

    20.04.2018, 10:44

    O‘zbekistonda hukumat uchun alohida mobil aloqa tizimi yaratiladi

    20.04.2018, 10:31

    Toshkentda pasportlar o‘rniga ID-kartalar tizimi 1-noyabrgacha sinov rejimida joriy qilinadi

    20.04.2018, 10:24

    O‘zbekistonda avtomobil raqamlari xalqaro raqamlarga almashtiriladi, barcha qog‘oz hujjatlar esa bekor qilinadi

    20.04.2018, 10:16
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Uzbekistan Airways Islomobodga parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Nega aynan bugun farzandingizga sarmoya kiritish muhim ahamiyatga ega?


    M-Clinic’da UZD bo‘yicha yetakchi mutaxassislar ishtirokida birinchi telemeditsina maslahati o‘tkazildi 


    Hyundai Uzbekistan sizni Before Service tadbiriga taklif etadi


    APEX BANK Markaziy savdo ofisi va Bosh ofisini ochishga tayyorgarlik ko‘rmoqda: yangi ko‘lam, yangi imkoniyatlar


    TENET: Sodiq Azimov ko‘chasidagi Stellar Residence premium rezidensiyalari galereyasi


    Ucell: Ustyurt platosining asosiy yo‘l bo‘linmalarida mobil aloqa


    “A.M. Best Company” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytinglarini “Barqaror” prognoz bilan “b”/“bb” darajasida tasdiqladi


    “O‘zbekinvest” Italiya va Ispaniya sug‘urta kompaniyalari bilan hamkorlik bitimlarini imzoladi


    Central Asian University ta’lim va tibbiyot yangi ekotizimiga 350 million dollarlik sarmoya kiritmoqda


    Silk Avia kattalarsiz sayohat qilayotgan bolalarga hamrohlik qilish xizmatini taklif etadi 


    Jahon banki O‘zbekistonda elektr taʼminotini yaxshilash uchun 100 mln dollar ajratdi


    “Trastbank”dan kichik biznes egalari uchun 500 mln so‘mgacha kredit!


    Biznesni rivojlantirish banki Londonda kelishuvlarga erishdi


    TezQR InfinBANK orqali Amirsoydagi shalelarga eshiklarni ochadi

     

    Tavsiya etamiz

    “Lend-Liz” yordami sovg‘a bo‘lmagan — Britaniya ikkinchi jahon urushida berilgan yordamni qanday qaytargan edi?

    19 may, 15:00

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Saida Mirziyoyeva Expo-2025 doirasida bir qator pavilyonlarni tomosha qildi (foto)

    O‘zbekiston | 19 may, 17:27

    Qozog‘iston aholini gaz bilan ta’minlash bo‘yicha Yevropada yetakchiga aylandi (infografika)

    Dunyo | 19 may, 17:20

    “Roma” ustozi Italiya chempionati tarixida qoladi

    Sport | 19 may, 17:10

    Yurak ko‘tara olmayapti: zamonaviy hayot tarzi infarktga chalinish xavfiga qanday ta’sir ko‘rsatmoqda?

    Salomatlik | 19 may, 16:53

    O‘zbekistonda dollar kursi yana 12 900 so‘mdan tushdi

    O‘zbekiston | 19 may, 16:23

    Toshkent metropolitenini TTZ dahasigacha olib borish 2 bosqichda amalga oshiriladi

    O‘zbekiston | 19 may, 16:13
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.