Buyuk Britaniyada 2019-yildan boshlab plastik naychalar va quloq tozalagichlarning, shuningdek, plastikdan tayyorlangan boshqa buyumlarning savdosi taqiqlanishi mumkin. Qaror daryo va okeanlarning ifloslanishiga qarshi kurash zaruriyatidan kelib chiqqan. Tereza Mey Buyuk Britaniya hamdo‘stligi uchrashuvida shunday bayonot bilan chiqdi, deb yozmoqda TJournal.
Agar taqiq ma’qullansa, ishlab chiqaruvchilar qog‘oz yoki boshqa alternativlarni o‘ylab topishi kerak bo‘ladi. Barlar, supermarketlar va kafelar plastik buyumlardan foydalanishdan voz kechishiga to‘g‘ri keladi. Yangi texnologiyalarni rivojlantirish uchun Buyuk Britaniya hukumati 86 million dollar sarflashga tayyor.
Har yili okeanga 8,5 milliard dona plastik naycha, ya’ni 150 million tonna plastik chiqindi tashlandi.
Taqiq Sky Ocean Rescue ko‘magida tuzilgan 25 yillik ekologik himoya bo‘yicha dasturning bir qismi bo‘lishi kerak. Polietilen paketlarni sotib olganlik uchun soliq ham uning bir qismi bo‘lgan edi. Buning natijasida bunday paketlardan foydalanish 83 foizga kamaygan.
Izoh (0)