O‘zbekistonda hukumat mobil aloqa tizimi yaratiladi, deya xabar bermoqda Spot. Bu O‘zbekiston Prezidentining “Investitsion loyihalarni amalga oshirish va idoraviy axborot tizimlari jadal integratsiyalashuvining tashkiliy chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida ko‘zda tutilgan.
Hujjatga muvofiq, 2019-yil 1-yanvargacha loyihaviy boshqaruv bo‘yicha Yagona milliy axborot tizimi yaratiladi, u davlat va boshqa axborot tizimlari bilan integratsiyalanadi.
Qarorda telekommunikatsiya xizmatlari uchun budjet mablag‘larini tejash imkonini beruvchi, telefon suhbatlari xavfsizligi va nazoratini ta’minlovchi hukumat mobil aloqa tizimini yaratish ko‘zda tutilgan.
1-iyulgacha loyihani moliyalashtirish bo‘yicha takliflar kiritiladi, 1-avgustgacha esa uning texnik-iqtisodiy asosi tayyorlanadi.
1-noyabrgacha loyiha Toshkentda budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan sinov rejimida ishga tushiriladi.
Izoh (0)