Rossiyaning Magadan shahri meri Yuriy Grishan Twitter’dagi sahifasida fashist Germaniyasining asosiy ideologi Yozef Gebbelsdan iqtibos keltirdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Ushbu voqeadan so‘ng bir guruh faollar shahar hokimi ustidan shikoyat qildi. Ularning fikricha, Gebbelsdan iqtibos keltirilishi shovinizm belgisi bo‘lib, fashizmni reabilitatsiya qilishga qaratilgan.
“Inglizlar butun dunyoda siyosatda vijdonsiz harakat qilishi bilan mashhur. Ular o‘z jinoyatlarini xushxulqlik fasadi ortida berkitish san’ati ustalaridir. Ular asrlar mobaynida shunday ish tutib kelgan, bu shu qadar ularning tabiatiga xos bo‘lib qoldiki, o‘zlari ham buni payqamay qo‘ygan. Buni Gebbels aytgan edi. Bu hozir ham o‘zgargani yo‘q”, — deb yozgan edi Grishan.
Hozirgi paytda uning Twitter’dagi sahifasi o‘chirib tashlangan.
Izoh (0)