Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

17-aprel sanasida Ispaniya La Ligasining 3 kun davom etadigan 33-tur bahslari boshlandi.

Foto: La Liga

Foto: La Liga

33-tur doirasida “Barselona” Vigoda “Selta” mehmoni bo‘ldi. Ushbu o‘yinda “Barselona”ning Leo Messi, Luis Suares kabi yetakchilari zaxirada qoldirildi. Mazkur o‘yindagi g‘alaba kataloniyaliklarga chempionlik unvoniga yanada yaqinlashib olishiga ko‘mak berardi. ​Ammo uchrashuv “Barselona”ning g‘alabasi bilan yakunlanishiga “Selta” yo‘l qo‘ymadi. Avvaliga Usmon Dembele 36-daqiqada kataloniyaliklarni hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 45-daqiqada “Selta” a’zosi Xonatan Kastro tablodagi hisobni 1:1 bo‘lishini ta’minladi. Ikkinchi bo‘limda Pako Alkaser yana “Barsa”ni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, uchrashuvning 82-daqiqasiga kelib Yago Aspas Mark Andre ter Shtegendan qaytgan to‘pni darvozaga aniq yo‘lladi. Qayd etish joiz, zaxiradan maydonga tushirilgan “Barselona” a’zosi Serxi Roberto 71-daqiqada hakam tomonidan maydondan chetlatildi. Shu tariqa uchrashuv tomonlarning 2:2 hisobidagi durang natijasi bilan yakunlandi.

“Sevilya” esa safarda “Deportivo” mehmoni bo‘lib, golsiz durang natijasini qayd etdi.

La Liga

33-tur bellashuvlari

17-aprel, seshanba

“Deportivo” — “Sevilya” 0:0

“Selta” — “Barselona” 2:2

Gollar: 1:0 — 36 Dembele. 1:1 — 45 Xonatan Kastro. 2:1 — 64 Alkaser. 2:2 — 82 Aspas.​

Chetlatish: 71 Serxi Roberto.

“Vilyarreal” — “Leganes” 00:30

18-aprel, chorshanba

“Valensiya” — “Xetafe” 22:30

“Espanyol” — “Eybar” 22:30

“Real Madrid” — “Atletik B” 00:30

19-aprel, payshanba

“Alaves” — “Jirona” 22:30

“Real Sosyedad” — “Atletiko Madrid” 22:30

“Betis” — “Las-Palmas” 00:30

“Levante” — “Malaga” 00:30

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Abdulla Aripov Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni partiya kotibi bilan uchrashdi
Turkmaniston
Turkmaniston Arqadag‘ shahri loyihasini BMT Bosh assambleyasida taqdim etadi
Dunyo
Fransiya prezidentini ijtimoiy tarmoqda haqorat qilgan ayol hibsga olindi