Madridning “Real” jamoasi qanot himoyachisi Marselo La Liganing 32-turi doirasida “Malaga”ga qarshi o‘yinda zaxirada qoldirildi. “Real” Marselosiz ham raqib ustidan g‘alaba qozonishni uddaladi. Braziliyalik himoyachi esa zaxirada qolganiga qaramay, o‘zini xuddi maydondagidek his qildi.
Quvnoqligi bilan tanilgan Marselo vaqtni zaxiradagi jamoadoshlariga xursandchilik o‘tkazgan holda o‘tkazdi. Uning ushbu holati tasvirchilar nigohidan chetda qolmadi. Quyida Marseloning quvnoqligi aks etgan holatlarni guvohi bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)