• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12880.35
    • RUB156.68
    • EUR14535.47
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Sovrinlar “kushandasi” — Xosep Gvardiola faoliyatiga bir nazar

    Zamonaviy futbolda Pep Gvardiola eng ko‘p tilga olinadigan nomlardan biri hisoblanadi. Uni kimdir faqat boy klublarni boshqarib, kuchli va qimmat o‘yinchilarni sotib olgan holda chempion qiladi desa, yana kimdir uning zamonaviy futbolga olib kirgan o‘ziga xos uslubi haqida tinmay so‘zlaydi. Hamma gap-so‘zlar o‘z yo‘liga. Xabaringiz bo‘lsa kerak, Pep Angliyadagi o‘zining ikkinchi mavsumida “Manchester Siti” bilan muddatidan avval chempionlikni qo‘lga kiritdi. Shu boisdan, Pepning murabbiylik faoliyatiga bir nazar solib o‘tish foydadan holi bo‘lmas, deb umid qilamiz.

    Foto: Twitter/@BR

    Foto: Twitter/@BR

    “Barselona” – 2008/09

    Pepning ertagi 2008-yildan boshlanadi. U aynan o‘sha yili “Barselona”ning ikkinchi jamoasidan bosh jamoaga bosh murabbiy etib tayinlanadi. Pep jamoa tepasiga kelgani zahot, klubni Deku hamda Ronaldinyo bilan xayrlashishga ishontira oldi. Ularning o‘rniga esa “Sevilya”dan Dani Alvesni hamda jamoa tarbiyalanuvchisi Pikeni esa “Manchester Yunayted”dan sotib olishga erishdi. Bosh murabbiy bo‘lib ishlashni boshlagan Pep 1-mavsumning o‘zidayoq “Barselona” bilan Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi. Jamoa mayda La Liga chempionligini nishonladi. Chempionatda 105 ta gol urib, Xuande Ramos boshchiligidagi “Real”ni 9 ochkoga ortda qoldirdi. Mavsumni esa Ispaniya kubogi hamda Yevropa Chempionlar Ligasini ham yutgan holda, trebl bilan yakunladi. Bu har qanday yosh murabbiy orzu qiladigan murabbiylik faoliyatining debochasi edi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    “Barselona” – 2009/10

    Pepning “Barselona”dagi ikkinchi mavsumi birinchisi singari kechmadi. Jamoaning asosiy hujumchisi Eto’O “Inter” to‘purari Ibragimovich bilan almashtirildi. “Shaxtyor”dan Dmitriy Chigrinskiy sotib olindi. Mavsum so‘ngida esa ushbu xaridlar o‘zini oqlamagani ma’lum bo‘ldi. Zlatan Pep bilan umuman chiqisha olmagan bo‘lsa, Chigrinskiy asosiy tarkib o‘yinchisiga aylana olmadi. Yevropa Chempionlar Ligasi yarim finalida Joze Mourinyoning “Inter”i Pep jamoasini mag‘lub etgan, holda finalga yo‘l oldi va finalda “Bavariya”ni ham mag‘lub etib, kubokka ega chiqdi. Ammo “Barselona”ni La Liga na “Real” va na boshqa jamoa to‘xtata oldi. Pep jamoasi La Ligada 99 ochko to‘plab, Pellegrini “Real”ini uch ochkoga ortda qoldirgan holda ketma-ket ikki bor Ispaniyada tengsiz bo‘ldi. Bu klub tarixidagi 20-chempionlik edi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    “Barselona” – 2010/11

    YeChLdagi muvaffaqiyatsizlikdan so‘ng Pep yozda jamoada bir qator o‘zgarishlarga qo‘l urdi. Klubni yozda Chigrinskiy, Yaya Ture, Zlatan hamda Anri tark etdi. Rahbariyat Pepning istagi bilan Xavyer Maskerano va David Vilyani jamoaga olib keldi. Azaliy raqib “Real” esa jamoaga bosh murabbiy etib Joze Mourinyoni tayinladi. “Real” “Barsa”dan ko‘p gol urdi, biroq Pep jamoasin La Liga chempionligini baribir o‘ziniki qila oldi. Qo‘shimchasiga Yevropa Chempionlar Ligasini 1 yillik tanaffusdan keyin yana o‘ziniki qilib oldi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    “Bavariya” – 2013/14

    2012-yil yozida Gvardiola “Barselona”dan ketdi va bir yil dam olishga qaror qildi. Pepga eng yaxshi taklifni endigina Yupp Xaynkes boshchiligida trebl qayd etgan “Bavariya” berdi. Pep o‘z omadini Germaniyada sinab ko‘rishga qaror qildi va xato qilmagani mavsum so‘ngida oydinlashdi. Gvardiola birinchi urinishdayoq Bundesliga chempionligini qo‘lga kiritdi. Klubdagi ilk mag‘lubiyatini bundesliganing 29-turiga kelibgina qabul qildi. Ikkinchi o‘rindagi Dortmundning “Borussiya”si esa Pep jamoasidan 19 ochko ortda qolib ketdi. Ammo jamoaga Yevropa Chempionlar Ligasini qo‘lga kiritish nasib etmadi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    “Bavariya” – 2014/15

    “Bavariya” yozda Pepning xohishi bilan klubga Robert Levandovski va Xabi Alonsa xarid qildi. Jamoani esa Mario Manjukich, Toni Kroos hamda Jerdan Shakiri tark etdi. Kloppning “Borussiya”si mavsumni omadsiz o‘tkazdi. Pep jamoasi esa yana osonlik bilan chempionlikni qo‘lga kiritdi. “Volfsburg” 10 ochkoga ortda qoldirildi. Biroq “Bavariya” bilan Gvardiolaga yana Yevropa Chempionlar Ligasini qo‘lga kiritish nasib etmadi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    “Bavariya” — 2015/16

    2015-yil yozida “Bavariya” rahbariyatini klubda o‘zgarishlar vaqti yetganiga ishontira oldi. Jamoani ko‘pyillik yetakchisi Bastian Shvaynshtayger tark etdi. Joshua Kimmix, Kingsli Koman, Arturo Vidal va Duglas Kosta kabi o‘yinchilar jamoaga taklif etildi. “Bavariya” “Borussiya D” 10 ochkoga ortda qoldirib, ketma-ket 3-bor Pep qo‘l ostida Bundesliga chempionligini qo‘lga kirtdi. Lekin Pep baribir ham Myunxen klubi bilan Chempionlar Ligasi bosh sovriini qo‘lga kirita olmadi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    “Manchester Siti” – 2017/18

    O‘tgan mavsum avvalida Pep Bundesligani APLga, “Bavariya”ni esa “Manchester Siti”ga almashtirishni lozim topdi. Gvardiolaning Angliyadagi birinchi mavsumi omadsiz kechdi. APL chempionligini Antonio Konte boshliq “Chelsi”ga boy berdi.  Ammo ikkinchi mavsumda “Man Siti” tarkibini o‘zi xohlagan ko‘rinishga keltirib olgan Pep Angliyada muddatidan avval chempionlikka sazovor bo‘ldi. Derbida MYuga mag‘lub bo‘ldi, ammo “Yunayted”ning o‘zi “Vest Bromvich”ga keyingi turning o‘zidayoq mag‘lub bo‘lib, “Siti”ning chempion bo‘lishiga sabab bo‘ldi. Shu tariqa Gvardiola 9 murabbiylik mavsumining 7 tasida mamlakat chempioni bo‘ldi. U Mourinyo va Anchelottidan keyin 3 ta top-ligada chempion bo‘la olgan dunyodagi 3-murabbiyga aylandi.

    Foto: “Sports.ru”

    Foto: “Sports.ru”

    Gvardiola futbol tarixidagi eng sovrindor murabbiylardan biri hisoblanadi. Uning hisobida umumiy hisobda 23 ta qo‘lga kiritilgan sovrinlar jamlanmasi mavjud.

    “Sports.ru” ma’lumotlari asosida Asror Abdunazarov tayyorladi.

    17.04.2018, 15:42   Izoh (0)   26223
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Karikatura: “Real”ga yangi darvozabon kerak (foto)

    17.04.2018, 14:06

    O‘zbekiston Kubogi. “Metallurg”, “Navbahor” va “Buxoro”​ 1/8 finalga chiqa olmadi. Nimchorak final qur’asi ertaga Sport-TV orqali jonli efirda namoyish etiladi

    17.04.2018, 13:06

    Germaniya kubogi. “Bavariya” bugun final yo‘llanmasi uchun “Bayer”ga qarshi maydonga tushadi

    17.04.2018, 12:14

    La Liga. Bugun “Barselona” “Selta” maydoniga safar qiladi, “Real” esa ertaga “Atletik B”ni qabul qiladi

    17.04.2018, 11:44

    OChL. Bugun “Lokomotiv” “Zob Ohan”ga qarshi pley-off yo‘llanmasi uchun kurash olib boradi. O‘yinga kirish chiptalari esa bepul

    17.04.2018, 09:01

    Stadionga kel va bepul to‘pni qabul qilib ol! O‘FA Superliga bahslariga kelgan muxlislarga bepul futbol to‘plari sovg‘a qiladi

    16.04.2018, 22:38
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    GWM Auto Shanghai 2025 da o‘zining global strategiyasini taqdim etdi: O‘zbekiston asosiy hamkorlar qatorida 


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    American University of Technology (AUT) Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    MAGIC SAFARI — Markaziy Osiyodagi birinchi tematik safari-park 15-may kuni o‘z eshiklarini ochadi!


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    OSTIM Global: 100 gektarlik zamonaviy sanoat hududi

     

    Tavsiya etamiz

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Mashhur patir, hamma biladigan qabriston, tor ko‘chali mahallalar. Kadrlarda Olmazor

    10 aprel, 10:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Erling Holand “Real” va “Barselona” o‘rtasida tanlov qildi — manba

    Sport | 12 may, 14:15

    GWM Auto Shanghai 2025 da o‘zining global strategiyasini taqdim etdi: O‘zbekiston asosiy hamkorlar qatorida

    Reklama | 12 may, 13:30

    Boltiqbo‘yi davlatlari Rossiya tahdidi sabab minalarni taqiqlovchi shartnomadan chiqadi

    Dunyo | 12 may, 14:10

    Internetdagi erkinlik va masʼuliyat: huquqlar va majburiyatlarni aniq belgilash vaqti keldi

    O‘zbekiston | 12 may, 14:09

    Zelenskiy Putin 30 kunlik sulhdan voz kechsa ham, Istanbulga boradi — Axios

    Dunyo | 12 may, 13:53

    Jinoyat ishlari bo‘yicha Xonobod shahar sudi raisiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

    O‘zbekiston | 12 may, 13:44

    Instagram: Muxlislari ustidan pul sochgan Jahongir Otajonov, farzand kutayotgan Feruza Yusupova, Munisa Rizayevaning eri nima ish qiladi?

    Shou-biznes | 12 may, 13:43

    “Manchester Yunayted” yarim asrlik antirekordni qayd etdi

    Sport | 12 may, 13:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.