Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Eronning oliy diniy yetakchisi Ali Xomanaiy va mamlakat vitse-prezidenti Eshon Jahongiriy Telegram messenjeridan foydalanishni to‘xtatdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Foto: “RIA Novosti”

Foto: “RIA Novosti”

Xomanaiyning Telegram’dagi kanalida berilgan xabarga ko‘ra, uning xabarlari uchun mas’ul bo‘lgan Telegram messenjeridagi axborot portali milliy manfaatlarni himoya qilish va Telegram monopoliyasini bartaraf etish uchun o‘z ishini to‘xtatadi.

Ta’kidlanishicha, bu qadam “Telegram monopoliyasi”dan voz kechish va mahalliy messenjerlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan. Shu bilan birga, rahnamoning bir nechta mahalliy messenjerlarda kanallari ish boshlagan.

Xabarda aytilishicha, mazkur tashabbus Eronda Telegram’dan foydalanishni taqiqlash bo‘yicha davlat dasturi kuchga kirishidan oldin qabul qilingan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi Turkiyadagi fuqarolarga murojaat bilan chiqdi 
Mahalliy
O‘zbekistonda 7-fevral kuni 20 darajagacha iliq bo‘lishi kutilmoqda 
Mahalliy
O‘zbekistonda dollar kursi yana oshdi