Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

16-apreldan 17-aprelga o‘tar kechasi Pavel Durovning jamoasi Telegram’ning rossiyalik foydalanuvchilariga servisdan VPN va proksini qo‘llamasdan foydalanish imkonini beruvchi yangilanishni ishga tushirdi, deb yozadi “AfishaDaily”.

Buning uchun tegishli push-xabarnomani ochish kerak. U quyidagi ko‘rinishga ega:

Foto: Twitter/ @iguides_ru

Foto: Twitter/ @iguides_ru

Yangilanish mazmuni oshkor etilmayapti, biroq “AfishaDaily” tekshiruvi “Roskomnadzor” tomonidan bloklangan messenjer qo‘shimcha servislarni qo‘llamagan holda ishlayotganligini ko‘rsatdi.

Eslatib o‘tamiz, 13-aprel kuni “Roskomnadzor” web.telegram.org va t.me manzillarini taqiqlangan saytlar ro‘yxatiga kiritdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Saudiyalik tadbirkor O‘zbekistonda avtomashina ehtiyot qismlari ishlab chiqarishga sarmoya kiritadi 
Mahalliy
1000 dollar oylik olayotgan oʻqituvchilar, 1 mln nafardan oshgan talabalar, yangi qurilgan 27 ta TTJ — oliy taʼlim vaziri oʻrinbosari Komiljon Karimov bilan ekskly...
Mahalliy
Toshkentda 3 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi