“Daryo”ni Telegram’da o‘qing! Join!
14:20, 16.04.2018 22185

Rossiyada Telegram’ni blokirovka qilish boshlandi

Provayderlar Rossiya hududida Telegram messenjerini blokirovka qilishni boshladi. Bu haqda “Interfaks”ga tayanib, Meduza xabar bermoqda.

Foto: “TASS”

“Roskomnadzor” rahbari Aleksand Jarov idora Apple va Google’dan Telegram dasturini o‘z do‘konlaridan o‘chirib tashlashini talab qilishini ma’lum qildi.

Saytlarning blokirovkasini kuzatuvchi “Roskomsvoboda” reyestrida Telegram serverlari hozircha paydo bo‘lmadi.

Eslatib o‘tamiz, 13-aprel kuni Moskva sudi “Roskomnadzor”ga Telegram’ni Rossiyada bloklashga ruxsat berdi. Messenjer foydalanuvchilarning xabarlarini ochish kalitlari taqdim etilmaguncha bloklanadi.