Rio-2016 Olimpiadasi sovrindori, Jahon chempioni Shahram G‘iyosov professional ringdagi ikkinchi jangini vengriyalik Gabor Gorbisga qarshi o‘tkazadi, deb yozadi “Olamsport”.
Ma’lumot uchun Gabor bungacha prof ringda 34 ta jang o‘tkazgan va shularning 24 tasida g‘alaba qozongan (14 tasi nokaut). 10 ta jangda esa mag‘lubiyatga uchragan (4 tasi nokaut). Shahram esa professional boksdagi debyutini 10-mart kuni nishonlagan va o‘shanda raqibini bir necha soniya ichida nokautga uchratgandi.
21-aprel (Toshkent vaqti bilan 22-aprel kuni tongda) kuni G‘iyosov ishtirokida bo‘lib o‘tadigan jangga ham Bruklindagi Kings Theatre arenasi mezbonlik qiladi.
Izoh (0)