Germaniya G‘arb mamlakatlarining Suriya hududidagi ehtimoliy harbiy operatsiyasida ishtirok etmaydi. Bu haqda GFR kansleri Angela Merkel Berlindagi matbuot konferensiyasida ma’lum qildi, deb yozadi Meduza.
Shu bilan bir paytda, kansler Germaniya ittifoqchi davlatlarning kimyoviy qurol qo‘llashga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini ko‘rsatishga yo‘naltirilgan har qanday harakatini qo‘llab-quvvatlashini ta’kidladi.
G‘arb mamlakatlari Bashar Asad rejimini Suriyaning Duma shahridagi kimyoviy hujumda ayblamoqda.
Izoh (0)