Amerikaning sakkizta samolyoti Suriya sohillarida ayg‘oqchilik parvozlarini amalga oshirdi. Bu haqda Amerika harbiy aviatsiyasi faolligini kuzatib boruvchi Mil radar monitoring resursi xabar berdi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
O‘rtayer dengizining sharqiy qismiga parvozlarning barchasi Italiyaning Sitsiliya orolida joylashgan Siganello bazasidan amalga oshirilgan. Yettita holatda P-8A Poseidon kemaga qarshi patrul samolyotlaridan foydalanilgan.
Avvalroq hafta davomida 24 ta xorijiy uchish qurilmasi Rossiya chegarasida razvedkani amalga oshirganligi xabar qilingan edi.
Izoh (0)