AQSh prezidenti Donald Tramp Suriyaning Duma shahrida qo‘llanilganligi taxmin qilinayotgan kimyoviy hujum uchun Suriya va Rossiya javobgar deb hisoblaydi. Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Sara Sanders xabar berdi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
“Tramp mazkur hujum uchun Suriya va Rossiya javobgar deb hisoblaydi”, — dedi Sanders.
U, shuningdek, AQSh razvedkasi Suriyadagi kimyoviy hujum yuzasidan ma’lumot taqdim etganligini ta’kidladi.
Avvalroq rossiyalik mutaxassislar Dumada zaharlovchi moddalar qo‘llanilganligi haqidagi dalillarni topmaganligi to’g’risida xabar qilingan edi.
Izoh (0)