O‘zbekiston delegatsiyasining Eronga tashrifi doirasida Tehronda O‘zbekiston—Eron savdo uyining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Tantanali marosimda O‘zbekiston tashqi savdo vaziri Jamshid Xo‘jayev, Eron sanoat, tog‘-kon sanoati va savdo vazirining o‘rinbosari Mujtabo Xusravtoj savdo uyi va O‘zbekiston milliy mahsulotlarining muntazam faoliyat ko‘rsatadigan shou zalining ishiga start berdi.
Marosimda O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi raisi Adham Ikromov, ikki mamlakat ishbilarmon doiralari vakillari ham ishtirok etdi.
Savdo uyi “O‘zsanoateksport” AJ va Eronning Fawakeh Company kompaniyasi hamkorligida tashkil etildi.
Tashqi savdo vaziri Jamshid Xo‘jayev ta’kidlaganidek, savdo uyining asosiy vazifasi O‘zbekistonda ishlar chiqarilgan mahsulotlarni Eronda faol targ‘ib etishdan iborat.
Izoh (0)