O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyevni ushbu lavozimga qayta saylangani munosabati bilan tabrikladi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.
Ilhom Aliyev 11-aprel kuni Ozarbayjonda o‘tkazilgan navbatdan tashqari prezident saylovida g‘olib bo‘ldi. Markaziy saylov komissiyasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, u ovozlarning 86,09 foizini qo‘lga kiritgan.
Mamlakatdagi bosh davlat lavozimi uchun kurashni 11-aprel kuni sakkiz nafar nomzod olib bordi. Ilhom Aliyevning nomzodi o‘zi rahbarlik qiladigan hukmron partiya — “Yeni Azerbayjan” (“Yangi Ozarbayjon”) partiyasidan ilgari surildi.
Izoh (0)