O‘zbekistonda Rossiyaning yana bir oliy o‘quv yurti filiali ochilishi mumkin. Bu Prezidentning “Baliqchilik tarmog‘ini jadal rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida ko‘zda tutilgan, deya xabar beradi Spot.
Hujjatda 1-sentabrgacha O‘zbekistonda Astraxan davlat texnika universitetining Baliq xo‘jaligi, biologiya va tabiatdan foydalanish instituti filialini ochish masalasi ishlab chiqilishi lozimligi ko‘rsatib o‘tilgan.
Shuningdek, qarorda mazkur oliy o‘quv yurti bilan Toshkent davlat agrar universiteti o‘qituvchilari malakasini oshirish, talabalarning amaliyot o‘tashi, tajriba ottirishi borasida hamkorlik o‘rnatish ko‘zda tutilgan. Bu maqsadlar uchun 125 million so‘m ajratilishi rejalashtirilgan.
Izoh (0)