Rossiyaning saylangan prezidenti Vladimir Putinning inauguratsiyasi 7-may kuni bo‘lib o‘tadi. Bu haqda hukumatning so‘nggi olti yil ichidagi faoliyati hisoboti bilan Davlat dumasida nutq so‘zlagan Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedyev ma’lum qildi, deb xabar beradi “Meduza”.
Dmitriy Medvedyev qonunga muvofiq inauguratsiyadan so‘ng hukumat o‘z vakolatlarini tugatishini qo‘shimcha qildi.
Ma’lumot uchun, Putinning inauguratsiyasi 2000-yildan beri 7-mayda o‘tkaziladi. Aynan shu kuni mamlakatning avvalgi prezidenti vakolatlari yakunlanadi.
Izoh (0)