Qirg‘izistonning Baliqchi shahridagi koloniyadan ikki mahbus — o‘zbekistonlik Asqar Bo‘riyev va tojikistonlik Zafar Ismatov qochib ketdi. Bu haqda Asia-Plus xabar bermoqda.
Ikki mahbus ham 8-aprel kuni koloniya hududini tark etgan va uch sutka davomida manziliga qaytib kelmagan. Shu bois, qonunga muvofiq, ular qidiruvga berildi.
Mazkur holat yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi, huquq-tartibot idoralariga qochoqlarning suratlari yuborildi, “Qo‘lga olish” rejasi e’lon qilindi. Qirg‘iziston jazoni o‘tash davlat xizmati vakillari qochoqlar vataniga yo‘l olgan bo‘lishi mumkinligini gumon qilmoqda.
Samarqand viloyatining Jomboy tumanidan bo‘lgan 34 yoshli Asqar Bo‘riyev 2 oy avval hujjatlarni soxtalashtirgani uchun jazoga hukm qilingani bildirilmoqda.
Izoh (0)