BMT Xavfsizlik kengashi Rossiyaning Kimyoviy qurolni taqiqlash tashkiloti missiyasini Suriyaning Duma shahriga yuborish haqidagi rezolyutsiyasini qabul qilmadi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
Loyiha uchun Xavfsizlik kengashining ikkita doimiy a’zosi — Rossiya va Xitoy, shuningdek, Efiopiya, Qozog‘iston va Boliviya ovoz berdi. Uchta doimiy a’zo — AQSh, Buyuk Britaniya va Fransiya, shuningdek, Polsha hujjatga qarshi chiqdi. Oltita mamlakat betaraf qoldi.
Avvalroq Xavfsizlik kengashi Rossiyaning Suriyada kimyoviy qurol qo‘llanilishini tekshirish tartibi to‘g‘risidagi rezolyutsiyasini ham qabul qilmagan, Rossiya esa o‘z navbatida, AQShning shunday rezolyutsiyasini bloklagan edi.
Izoh (0)