• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.81
    • RUB163.75
    • EUR14606.45
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Milliarder Iskandar Mahmudov: So‘nggi aytgan fikrim eng foydalisi

    Iskandar Mahmudov buxorolik jahonga mashhur o‘zbek ishbilarmoni, yirik tadbirkor. Rossiyadagi eng yirik Ural tog‘-metallurgiya kompaniyasi prezidenti. Forbes jurnali ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda uning 6 milliard 500 million dollarlik mol-mulki bo‘lib, Rossiyadagi eng yirik 20 milliarder qatoridan o‘rin olgan. Uning shaxsi va faoliyati haqida O‘zA sahifalarida Irismat Abduxoliqov fikr yuritdi.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Beixtiyor savol tug‘iladi, qanday qobiliyati va iste’dodi evaziga Toshkent davlat universiteti (hozirgi O‘zbekiston Milliy universiteti) sharqshunoslik fakultetini bitirib, 1984-yili arab tilini o‘rgangan tarjimon bugun Rossiyadagi tarkibida o‘nlab yirik korxonalari bo‘lgan Ural tog‘-metallurgiya kompaniyasiga egalik qilmoqda? Ayni paytda u Rossiyada ishlab chiqarilayotgan mis (rangli metall)ning teng yarmini nazorat qiladi, vagon va teplovoz ishlab chiqarish bo‘yicha esa qisqa muddatda Rossiyani jahondagi 8-o‘ringa olib chiqdi. Rossiya fuqaroligi guvohnomasini uning qo‘liga shaxsan prezident Vladimir Putinning o‘zi topshirgan.

    Bir qaraganda aql bovar qilmaydigan, tasavvur qilish ham qiyin bo‘lgan yutuq, natija va muvaffaqiyat. Aslida chuqurroq o‘ylab qaraydigan bo‘lsak, bu muvaffaqiyatlar asl sababini tushunish ham, tushuntirish ham mumkin ekan.

    Kasb tanlashda Iskandar Mahmudovga sharqshunoslik fakultetiga o‘qishga kirishni maslahat bergan, xorijiy tillarni o‘rganishga chorlagan, bunda o‘g‘lining yaqin yordamchisi bo‘lgan onasi ham ziyoli inson edi. Garvard, Kembrij, Sorbonna yoki Moskvadagi MDU, MVTU (Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universiteti)da o‘qish, muvaffaqiyatli tamomlash inson taqdiriga, uning amal pillapoyalari sari ko‘tarilishiga, biznesiga bevosita ta’sir qilarmikan?

    Iskandar Mahmudov o‘z hayotiy tajribasi bilan bu tushunchalarni butunlay o‘zgartirib yubordi, deyish mumkin. U O‘zbekistonda tahsil oldi. Dastlab maktab, so‘ngra oliy o‘quv yurtida a’lo baholarga o‘qidi. Sharqshunoslik fakulteti professor-o‘qituvchilari bergan bilimlar saviyasi jahonga mashhur xorijiy oliy o‘quv yurtlaridan sira qolishmasligini isbotladi. Iskandar Mahmudov tadbirkorlik ishiga jiddiy kirishdi va jahondagi 10 nafar eng boy o‘zbek milliarderi safidan joy oldi.

    Iskandar Mahmudovning onasi rus tili o‘qituvchisi, otasi esa quruvchi-muhandis bo‘lgan. Respublikadagi yirik zavod-fabrika va korxonalar qurilishida qatnashgan. Shu yerda jumboqning kalitini topayotgandek bo‘layapmiz. Balki bunga qo‘shimcha, shu avlodga xos bo‘lgan va nasldan-naslga o‘tayotgan iste’dod, qobiliyat ham qudratini ko‘rsatgan bo‘lsa, ajabmas.

    Oliy o‘quv yurtini bitirgandan keyin Iskandar Mahmudov bir necha yil davlat xizmatida ishladi. Arab tilini puxta bilgani sababli 1984—1986-yillarda sobiq SSSR Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining Liviyadagi sovet harbiy maslahatchilari guruhida tarjimonlik qildi. Shu yillari sobiq ittifoqdan arab mamlakatlariga borgan rus harbiy mutaxassislari o‘zlari bilan ishlaydigan mahalliy xalq tilini, urf-odatini bilmas, arab xalqining fe’l-atvorini tushunmas edi. 1986—1988-yillar Iroqdagi harbiy obyektlarni qurish boshqarmasida bu masalada ayni tarjimon Iskandar Mahmudov ularning joniga oro kirdi.

    Iskandarning tarjimonlik faoliyati to‘g‘risida o‘zining alohida nuqtai nazari, falsafiy qarashlari mavjud.

    — Tarjimon xolis xizmat qilishi kerak, ana shunda hurmatga, obro‘-e’tiborga sazovor bo‘ladi, buyurtmachilar ham unga o‘ziga ishongandek ishonadi. Yaxshi, adolatli, beg‘araz odam bo‘lsangiz, boz ustiga ularning tilini, dilini bilsangiz, ular sizni yaqin odami sifatida qabul qiladi. Hatto ishiga, biznesiga sherik bo‘lishni ham taklif eta boshlaydi, — deydi Iskandar Mahmudov.

    Shu gaplardan so‘ng xorijiy tillarni yaxshi biluvchi o‘zbek biznesmenlari Alisher Usmonov, Fattoh Shodiyev, Alijon Ibrohimov kabi ishbilarmon tadbirkorlar yodimga tushdi. Ularning biznes sirini oz bo‘lsa-da, anglagandek bo‘ldim.

    1988-yili xorijdagi xizmat safaridan qaytgandan keyin Iskandar Mahmudovni O‘zbekiston ehtiyoji uchun tovar sotib oladigan va o‘zbek paxtasi, urani bilan savdo qiladigan “O‘zbekintorg” tashkilotiga ishga taklif qilishdi. Haqiqiy kommersiya, xorijiy davlatlar bilan dastlabki savdo qilish tajribasini Iskandar Mahmudov shu yerda o‘rgandi. Tajriba to‘pladi. Lekin Toshkentda uzoq ushlanib qolgani yo‘q. O‘zbekistonning ehtiyoj va imkoniyatlarini yaxshi biladigan, rus, arab tillarini puxta o‘zlashtirgan uddaburon tadbirkor, tashqi savdo sohasidagi mutaxassis darajasiga yetgan tarjimon kimga kerak bo‘lmaydi, deysiz.

    Iskandar Mahmudov olti tilni biladi, ikkinchi turmush o‘rtog‘i bilan yettinchi — tatar tilida bemalol so‘zlasha oladi. U kishi bilan suhbatlashganda hayron bo‘lasan, hayratga tushasan, deydi hamkasblari. Hozirgina bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan fikrlarni aytib turib, shu zahoti ana shu fikrini o‘zi inkor qilishi ham mumkin. Unga javoban, “Iye, ha, axir hozirgina boshqa fikrni aytgan edingiz-ku, buyog‘i qanday bo‘ldi”, deganingizda: “Shoshilmang, masalani to‘g‘ri hal qilishning bir nechta varianti mavjud. So‘nggi aytgan fikrim eng foydalisi, eng bezavoli”, deb javob qiladi va uni sizning oldingizda asoslab ham beradi.

    Bir qiziq odati bor. Ishlab chiqarish jarayoniga katta rahbar sifatida ko‘p ham aralashavermaydi. “Ishni yaxshilayman, deb bilib-bilmay mutlaqo teskari natijaga erishishingiz mumkin, mutaxassislarga ishonish kerak”, deydi tadbirkor. Qo‘l ostida ishlayotganlarga erkinlik, mustaqillik bergan, ayni paytda mas’uliyatdan qochmaslik, uni bo‘yniga olish ham yuklatilgan. Lekin mahsulotlarining sifatini, rejadagi hajmini, ishlab chiqarish rentabelligini diqqat bilan kuzatib boradi. Vaziyatga qarab zudlik bilan chora-tadbirlar ham ko‘radi.

    Hozirgi kunda Qozog‘istonda, Belgiyada va boshqa davlatlarda ming-minglab ishchilarga ish berayotgan, ularni xorijiy davlatlar qonun-qoidalari darajasida maosh bilan ta’minlab, ijtimoiy himoya choralarini ko‘rayotgan Iskandar Mahmudov chet elga yakka o‘zi ketgani yo‘q. U kishi bilan birga tog‘asi Olim Mahmudov (hozir “Uralelektromed” korxonasida bosh mutaxassis), akasining bir o‘g‘li, Iskandarning tengdosh og‘aynisi (hozir UGMK direktorlar kengashining a’zosi, rangli metallga ishlov berish bo‘yicha boshqarma boshlig‘i) Shuhrat Mahmudov va boshqa aka-uka, tog‘a, amaki, qarindosh-urug‘lar birga ketishgan.

    Noyob iste’dodga ega bo‘lgan tadbirkor xorijda Jahongir ismli o‘g‘il ko‘rdi. Hozir u 32 yoshda. Jahongir Buyuk Britaniyada Xalqaro biznes maktabini bitirdi. 2009-yildan “Aerokosmos” kompaniyasi Bosh direktorining maslahatchisi. 2010-yildan “Goldman Saks grupp” tovarlar departamentida daromadlarni ro‘yxatga olish, valyuta bozori va xomashyo tovarlar bo‘yicha maslahatchi lavozimida, 2012—2015-yillarda “UGMK-xolding”da tog‘ ishlari bo‘yicha direktor maslahatchisi, Chelyabinsk rux zavodi (ChPZ) bosh direktorining kommersiya va moliyaviy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishladi.

    O‘zbekiston hukumati va Ural tog‘-metallurgiya kompaniyasi o‘rtasida 2017-yil 3-aprel kuni Qoraqalpog‘istonning Qorao‘zak tumanida tarkibida nodir vanadiy hamda titanomagnetit kabi qimmatbaho metallari bo‘lgan Tebinbuloq temir konini hamkorlikda o‘zlashtirish yuzasidan memorandum imzolandi. Bu yerda, shuningdek, O‘zbekistonda birinchi bor bevosita tog‘ rudasidan metall olinadigan po‘lat eritish pechlari qad ko‘taradi. Kiritilayotgan investitsiyaning hajmi, kon va korxonalarda ishlaydigan ishchilarning soni birinchi bosqichda 2 ming kishini tashkil qiladi. Sarmoya hajmi 1,5 milliard AQSh dollari.

    Yangi tog‘-kon sanoati korxonalarida yuzlab ishchilar, konchilar, po‘lat erituvchilar, muhandis-texnik xodimlar, xizmatchilar mehnat qiladi. Kondagi bitta karerning o‘zidan yiliga 22 million tonna ruda qazib olinadi. Tarkibida 65 foiz temir bo‘lgan ulkan ruda boyitish kombinati barpo etiladi. Yiliga bir yarim million tonna cho‘yan quyadigan metallurgiya kompleksi qad rostlaydi. O‘rganishlar shuni ko‘rsatdiki, kon qa’rida tarkibida noyob metallar bo‘lgan bir necha milliard tonna ruda yotibdi.

    Yana shuni qayd etish kerakki, Tebinbuloq koni O‘zbekiston geologlari tomonidan bundan 80 yil muqaddam ochilgan. Lekin bunday yirik konni o‘zlashtirish favqulodda katta mablag‘ talab qilardi.

    Prezident Shavkat Mirziyoyevning Rossiya Federatsiyasiga davlat tashrifi chog‘ida yangi konni o‘zlashtirish bo‘yicha bir qarorga kelingan edi. Iskandar Mahmudov boshliq Rossiyadagi yirik tog‘-metallurgiya kompaniyasi bilan shartnoma imzolandi. Ayni paytda Ural kon-metallurgiya kompaniyasi Tebinbuloq konida karer qazish ishlarini boshlab yubordi.

    11.04.2018, 18:45   Izoh (0)   56822
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Abdulaziz Komilov AQSh elchisi Pamela Leora Spratlenni qabul qildi

    11.04.2018, 18:33

    TDYuU magistraturasiga qabul qilishda test sinovlari o‘tkaziladigan muddatlar o‘zgartirildi

    11.04.2018, 17:53

    Toshkentda 3 gektar maydonda Innovatsiya parki barpo etiladi

    11.04.2018, 17:18

    Raqam: “Kvarts” O‘zbekiston tarixidagi birinchi IPO’da qancha pulga ega bo‘ldi?

    11.04.2018, 16:57

    12-aprel kuni O‘zbekistonda yog‘ingarchilik bo‘lmaydi

    11.04.2018, 16:46

    Aktam Haitov Fermer xo‘jaliklari kengashi raisi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi

    11.04.2018, 15:51
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


     Coca-Cola jamg‘armasi va Global atrof-muhit va texnologiyalar jamg‘armasi (GETF) “Aylanma iqtisodiyot kelajagi uchun hamkorlik bitimi (PACT)” ni e’lon qilganligi haqida ma’lum qildi


    Kapitalbank va Visa O‘zbekiston terma jamoasining JCH-2026 saralash o‘yinini BAAda tantanali ravishda ochishdi


    UCMG Amsterdamda bo‘lib o‘tayotgan Money 20/20 Europe xalqaro fintech ko‘rgazmasida O‘zbekiston nomidan ishtirok etadi


    O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Yevropaga yo‘l olmoqda


    Navoiy innovatsiyalar universiteti — kelajagingizni kafolatlaydigan zamonaviy ta’lim maskani! 


    UZTELECOM "Muruvvat" tarifini taqdim etadi: Atigi 25 000 so‘m evaziga g‘amxo‘rlik va e’tibor bilan boyitilgan aloqa


     ADM Jizzakh Jizzaxda joylashgan 5-ixtisoslashtirilgan muassasa tarbiyalanuvchilari ehtiyoji uchun avtobus taqdim qildi


    Tenge Bank Tenge24 ilovasida yangi raqamli avtokreditini e’lon qildi


    AVO’dan yangi omonat: yillik 25% gacha — 6 oyda orzuingizni amalga oshiring


    Yangi ufqlar: Centrum Air haftasiga ikki marta Toshkentdan Bishkekka parvozlarni amalga oshiradi


    Zamonaviy Haval Jolion endi 0% muddatli to‘lov shartida 


    Toshkentda xalqaro fintex-hodisa — Visa Cashless Forum 2025 bo‘lib o‘tdi 


    Mobiuz "Mehribon" imtiyozli tarif rejasini taqdim etdi


    Sello Ecosystem Farg‘ona, Andijon va Namanganda Sello Summer Fest yorqin festivalini o‘tkazdi


    Suv — bebaho neʼmat: Agrobankdan fermerlar uchun yangi metodik to‘plam

     

    Tavsiya etamiz

    Chumchuqlarga yem bo‘lgan burgutlar. “O‘rgimchak to‘ri” operatsiyasi Rossiya uchun qanchaga tushadi?

    4 iyun, 18:49
    Audio Icon

    Qurib qolgan ko‘chatlar, millionlar shamolga uchdimi?

    4 iyun, 15:03

    Feldmarshalga almashtirilmagan Stalinning zurriyoti — “dohiy” nega o‘g‘lini urushga yuborgan edi?

    3 iyun, 21:10

    Ko‘zi o‘tkir, qulog‘i sezgir temir qushchalar. Razvedkachi dronlarning “katta akalari”

    3 iyun, 20:40
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tramp AQSHning Rossiya va Ukrainaga bosimi haqida fikr bildirdi

    Dunyo | 5 iyun, 23:55

    “Daryo” dayjesti: 5-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 5 iyun, 23:46

    Shavkat Mirziyoyev futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi aʼzolariga tabrik yo‘lladi

    O‘zbekiston | 5 iyun, 23:30

    “Yomon uyqu rashk tuyg‘usini kuchaytirishi mumkin” — tadqiqot

    Dunyo | 5 iyun, 23:16

    JCH–2026 saralashi. O‘zbekiston o‘z tarixida ilk bor Jahon Chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi

    Sport | 5 iyun, 23:01

    Yervopaning oltita mamlakati birgalikda piyodalar jangovar mashinasini sotib olishni rejalashtirmoqda

    Dunyo | 5 iyun, 22:57
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.