Jazoirda Il-76 harbiy-transport samolyotining qulashi oqibatida halok bo‘lganlar soni 257 kishini tashkil qildi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Oldinroq qurbonlar soni 200 kishidan oshgani bildirilgan edi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, halok bo‘lganlarning katta qismi harbiylardir.
Halok yerida 14 ta tez yordam mashinasi, o‘nta yuk mashinasi hamda 130 nafar xavfsizlik xizmati xodimlari, qutqaruvchilar va o‘t o‘chiruvchilar ishlamoqda.
Izoh (0)