Suriyaning Idlib shahrida joylashgan yetti qavatli binoda portlash ro‘y berdi. Bu haqda Idlib fuqaro mudofaasi boshqarmasi rahbari Haj Yusuf bayonot berdi, deb xabar qiladi “Korrespondent.net”.
Portlash oqibatida 15 kishi halok bo‘ldi. Bundan tashqari, 36 kishi jarohatlandi.
Haj Yusufning so‘zlariga qaraganda, yaradorlarning aksariyati og‘ir ahvolda. Ularning ko‘pchiligi — bolalar.
Izoh (0)