Ichki ishlar organlarida ishlash orzusidagi Jizzax viloyati Baxmal tumanida istiqomat qiluvchi 23 yoshli shaxs niyatiga pora berish yo‘li bilan erishmoqchi bo‘ldi, deya xabar bermoqda viloyat IIB matbuot xizmati.
Baxmallik yigitchaning niyatidan xabar topgan Sharof Rashidov tumanida istiqomat qiluvchi boshqa bir shaxs, uning ishonchiga kirib, uni militsiyaga kiritib qo‘yishni va’da qilgan va 2016-yil iyun oyida undan 3500 dollar pul olgan.
“Ammo ko‘p o‘tmay Baxmal tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro firibgarning shirin so‘zlari qurboni bo‘lganligini anglab yetdi. Ayni vaqtda gumonlanuvchi 3500 dollar pulni qayerga ishlatgani yuzasidan ichki ishlar tergov bo‘limida hisob bermoqda”, — deyiladi IIB axborotida.