Toshkent shahrining Yunusobod tumani IIBga 2-aprel kuni firibgarlik holati yuzasidan murojaat kelib tushdi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, 2017-yil 10-avgust kuni Qashqadaryo viloyati, Qamashi tumanida yashovchi B. Ibragimov “Buxoro” qahvaxonasida N. Shoaliyevaga o‘zini huquqni muhofaza qiluvchi organlarda ishlashini aytgan.
Unga Xitoydan arzon narxda tikuv mashinalarini olib kelib berishi, tanishini esa Toshkent pediatriya institutiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan. Buning uchun undan 4 ming dollar olib, bergan va’dasini bajarmay, pullarni o‘z ehtiyoji uchun ishlatib yuborgan.
Ko‘rilgan choralar natijasida B. Ibragimov qo‘lga olindi.