“Paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishlari va klasterlari faoliyatini tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining Telegram’dagi “Huquqiy axborot” kanali orqali ma’lum qilindi.
Qarorga ko‘ra:
- 13 ta paxta tozalash korxonalari va 68 ta paxta tayyorlash punktlari bino va inshoatlari (uskunalaridan tashqari) paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishlari hamda klasterlari tashkilotchilariga 5 yil muddatga bo‘lib to‘lash imkoniyati berilgan holda, ishlab chiqarishni 2 yildan ortiq bo‘lmagan vaqt davomida modernizatsiyalash, investitsiyalar kiritish sharti bilan baholash qiymatida sotiladi;
- paxta tozalash korxonalari va tayyorlov punktlarining ishlab turgan uskunalari va boshqa asosiy vositalari modernizatsiyalash amalga oshiriladigan davrgacha mulk va yer solig‘i hamda amortizatsiya ajratmalarini hisobga olgan holda, davlat mulki uchun belgilangan eng kam stavkalar bo‘yicha ijaraga beriladi.
Izoh (0)