Shofirkon tumanidagi “Real Frukt Produkt” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari S. Saidov firibgarlikka duch kelgani yuzasidan ichki ishlar idoralariga murojaat qildi. Bu haqda “Daryo”ga Buxoro viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi.
Arizachiga ko‘ra, Qoraqalpog‘istonning Nukus shahrida yashovchi Aynura Primbetova uni aldab, ishonchiga kirib, bir haftada to‘lab berish sharti bilan undan 132,8 million so‘mlik un mahsuloti oldi. Biroq va’dasini bajarmay, pullarni o‘z ehtiyoji uchun ishlatib yubordi.
Olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida A. Primbetova muqaddam 3 marotaba firibgarlik jinoyati sodir etganligi uchun sudlangani ma’lum bo‘ldi.
O‘tmishidan xulosa chiqarmagan ayolga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Izoh (0)