Buxoroda o‘qishga kiritishni va’da qilib, katta miqdordagi pulni o‘zlashtirgan firibgar ushlangach, u ayni paytda mayda o‘g‘rilik ham sodir etgani aniqlandi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat IIB ma’lum qildi.
1988-yilda tug‘ilgan kogonlik Shabanov Shamshod Shuxratovich Buxoro shahrida yashovchi Mahbuba Achilovadan Buxoro davlat universitetiga o‘qishga topshirib, davlat imtihonlaridan o‘ta olmagan qizi Bakayeva Nigora Samiyevnani “superkontrakt”ga o‘qishga kiritishini aytib, undan 3000 dollar olgan.
Keyinchalik M. Achilova uning jinoiy qilmishidan xabar topgach, u tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirib, undan olgan 3000 dollarni ham qo‘shib to‘lashini aytib, M. Achilovadan 3600 dollar olgan.
Bundan tashqari, Sh. Shabonov o‘zi boshqarib yuradigan Lacetti’ga yo‘lovchi sifatida o‘tirgan kogonlik Xodjayev Mustaqim Salimovichga tegishli 525 dollarlik iPhone 5S telefonini o‘g‘irlagani ham aniqlangan.
Holat yuzasidan Sh. Shabonovga nisbatan JKning 168-moddasi 3-qismi “b” bandi va 169-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan qo‘shimcha ayb e’lon qilingan.
Izoh (0)