Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filialida yuz bergan oilaviy janjal oqibati ayanchli tugadi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi ma’lum qildi.
Buxoro shahrida yashovchi, 1969-yilda tug‘ilgan O‘. Haydarov filialning qabulxona bo‘limida mojaro asnosida turmush o‘rtog‘i, mazkur filial vrach-terapevti N.Fayzullayevaga pichoq urib, jarohat yetkazdi.
N.Fayzullayeva kasalxonaga yotqizildi. Uning eri esa qo‘lga olindi.
Izoh (0)