• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Bobomurod Abdullayev: Men tuya emasligimni isbotlashga majbur bo‘lyapman

    28—29-mart kunlari Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudida jurnalist Bobomurod Abdulla va bloger Hayotxon Nasriddinovga, shuningdek, tadbirkorlar Shavkat Ollayorov va Ravshan Salayevlarga nisbatan navbatdagi sud majlisi bo‘lib o‘tdi. Ular hokimiyatni qo‘lga kiritish va O‘zbekiston konstitutsiyaviy tuzumini ag‘darishga urinishda ayblanmoqda. Sud ishi bo‘yicha “Gazeta.uz” nashri tomonidan tayyorlangan navbatdagi maqolani “Daryo” muxbiri Fozilbek Yusupov tarjima qildi.

    Foto: “Gazeta.uz”

    Foto: “Gazeta.uz”

    Jurnalist Bobomurod Abdullayev bunga qadar 15 va 26-mart kunlari ham ko‘rsatma bergandi. Payshanba kuni ko‘rsatma berish muddati yakunlandi. Shuningdek, Shavkat Ollayorov va Ravshan Salayevlar ham so‘zga chiqdi, biroq ular o‘z ko‘rsatmalarini OAVda chop etilishiga qarshi ekanliklarini bildirgan.

    “Majburlash ostidagi ko‘rsatma”

    Navbatdagi sud majlisida Bobomurod Abdullayevning ma’lum qilishicha, u 2004-yildan 2011-yilga qadar maqola yozmagan, biroq, shunga qaramay, turli nashrlarda, jumladan, “Centrasia.ru” saytida “Usmon Haqnazarov” taxallusi ostida maqolalar chiqishni davom etgan. Shunday bo‘lsa-da, u maxsus xizmatlar e’tiborini o‘ziga jalb qilmaslik va anonimligini saqlab qolish maqsadida hatto “Usmon Haqnazarov” nomidan bunga javoban raddiyalar yozmagan.

    Sudlanuvchi kursdoshidan “Andijon voqealari”, “O‘zbekistonni yakson qilayotgan Karimov rejasi” va “O‘zbekistondagi sionizm” maqolalarini o‘zbek tiliga tarjima qilishni so‘raganini va buning uchun unga Muhammad Solihdan olgan pullaridan 100 dollarini berganini inkor etdi.

    Uning so‘zlariga ko‘ra, 16 yoki 18-oktabr kuni DXX tergov boshqarmasi xodimlaridan biri bo‘lgan Temur Yoqubov uni oltinchi tushuntirish xatini yozishga majbur qilgan va unga nima yozish kerakligini aytib turgan. Natijada Abdullayev yuqoridagi narsalarni “yumshoq xona”, uyqusiz kechalar va kompyuter kabelidan kaltak yegach yozib bergan.

    “Nodir To‘raqulov dubinka bilan kirib keldi (MXX tergov bo‘limining sobiq xodimi) va haligacha nega ‘sinmaganimligim’ni so‘radi. U ‘Ollayorovning yelkasida shunaqa dubinkadan birini sindirdim, endi bunisi seni boshingda sinadi’, dedi. U meni urmadi, biroq tahdid qildi”, — dedi sudlanuvchi.

    Ayblanuvchining kursdoshi “Ozod Ovoz” sayti uchun fuqarolarning so‘z erkinligi borasidagi huquqlari buzilayotgani haqidagi xabarlarni o‘zbekchadan ruschaga o‘girgan, biroq yuqorida nomi keltirilgan maqolalarni emas.

    Ayblanuvchining kursdoshidan ham ko‘rsatma olingan. “Undan qanday qilib olishganini bilmayman. Menimcha, u qo‘rqib ketgan bo‘lsa kerak. 25-sentabrdagi tushuntirish xatini ko‘rdim, unda ‘12 yil davomida vijdonim qiynaldi va chiday olmay barchasini bo‘ynimga olgani keldim’, deyilgan edi. Nega uning vijdoni qiynalganini bilaman, unga mening tushuntirish xatimni ko‘rsatishgan”, — dedi Abdullayev.

    Shuningdek, sudlanuvchi o‘zidan ko‘rsatma olgan Temur Yoqubovdan 26-sentabr kuni Abdullayev MXX tergov izolyatorida bo‘lganini va ushbu ko‘rsatmalarni o‘zi berganini isbotlashini so‘radi. “Tashrif buyuruvchilar qayd daftarini, videoyozuvlarni ko‘rsatsin”, — dedi u.

    “Jinoyat-protsessual kodeksining buzilishi”

    Sudlanuvchi o‘ziga nisbatan Jinoyat-protsessual kodeksining bir qator moddalari buzilganini sanab o‘tdi — odam o‘g‘irlash, rasmiy chaqiruvning yo‘qligi, “eski sana” bilan hujjatlarni rasmiylashtirish, qiynoqlar.

    “Men o‘zining tuya emasligini isbotlashga urinayotgan odam holatidaman. Meni tuya ekanligimda ayblashmoqda. Odamning aslida nima bo‘lganini aytayotgan so‘zlariga quloq tutmay, uni qog‘ozlar asosida sud qilishmoqda, qog‘ozlar asosida jazo muddati belgilashmoqda. Ular meni 27-sentabr kuni o‘g‘irlab ketishdi, sanksiyani esa beshinchi kuni olishdi, qonun bo‘yicha esa uchinchi kuni berilishi kerak. Men o‘zimning tuya emasligimni isbotlayman. To‘g‘ri, qog‘ozlarda men tuyaman, chunki meni urishdi”, — deya ma’lum qiladi Abdullayev.

    Jurnalist yetkazilgan tan jarohatlari uchun sud-tibbiyot ekspertlari tayinlanganiga minnatdorlik bildirdi, biroq eskpertlar uni diqqat bilan tekshirishmaganini ta’kidladi. “Men jurnalist sifatida ekspertiza qanday o‘tkazilishini bilaman. Ular jarohat yetkazilgan joydan tahlil uchun qatlam olishi va mikrobiologik tahlilni o‘tkazishi kerak edi. U yerdagi hujayralar soatlar bo‘yicha ko‘rsatib beradi, biroq ular faqatgina rasmga oldi. Men o‘shandayoq barchasini tushungan va bu ekspertizadan yaxshi narsa kutmagan edim”, — dedi u.

    Abdullayevning aytishicha, sobiq tergovchi Nodir To‘raqulov uning onasi va ayolidan Galima Buxarbayeva (jurnalist) va Mo‘tabar Tojiboyeva (jurnalist, huquq himoyachisi, har ikkisi chet elda yashaydi)ga Muhammad Solih uni maqola yozishga majburlagani haqida intervyu berishga undab kelgan.

    11-yanvar kuni boshqa bir tergovchi — Aleksandr Veselov intervyu borasidagi talab bajarilmagani uchun unga “kamida 20 yilga qamatib yuborishini” aytib, tahdid qilgan.

    Abdullayevni yana bir tushuntirish xatida Solihning rafiqasini “Haqiqiy tibbiyot” nomli kitobini qashqadaryolik jurnalist Muhabbat Eliboyevaga topshirishni, u esa ushbu kitobni O‘zbekiston Prezidentiga berishi lozim bo‘lganligi borasida yozishga majbur qilishgan.

    Shuningdek, sudlanuvchining so‘zlariga ko‘ra, u o‘zining kompyuteri va magnit tashuvchilari (u yerdan O‘zbekiston hukumatini kuch bilan qo‘lga kirish borasidagi “O‘rim” loyihasi qayta tiklangan) kabi shaxsiy buyumlarining ekspertizasida qatnashmagan. Shu bilan birga ayrim hujjatlarning Abdullayev tomonidan imzolanishi vaqtida davlat advokati Shahzod Sharipov ishtirok etmagan yoki ayrim tushuntirish xatlarini “eski sana” bilan yozishni so‘ragan.

    Abdullayev bosim ostida advokat Munojot Parpiyevaning, undan keyin Sergey Mayorovning xizmatlaridan voz kechishga majbur bo‘lgan.

    Tergov tugagach, unga yana himoya uchun Sergey Mayorov va Munojot Parpiyevni jalb etishga ruxsat berishgan. “Xohlasangiz, BMTni yollang”, — deyishgan unga.

    “Mening aybim — tuhmat va haqorat”

    Abdullayev Jinoyat kodeksining 159-moddasi 4-qismi bilan (Hokimiyatni bosib olish yoki O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy tuzumini ag‘darib tashlash maqsadida fitna uyushtirish) o‘ziga nisbatan qo‘yilayotgan ayblovni tan olmadi. Abdullayevning hisoblashicha, uni tuhmat va haqoratda ayblashlari kerak.

    Shuningdek, Abdullayev mazkur ish bo‘yicha sudlanayotgan boshqalarning aybi yo‘qligini va bu borada vijdoni qiynalayotganini ma’lum qildi.

    Sudlanuvchi Hayotxon Nasriddinov bilan til biriktirmaganini va u bilan “zo‘rg‘a bir yarim soat” muloqot qilganini ta’kidladi. Undan Nasriddinovni bloklangan saytlarni aylanib o‘tishga, bir necha kun oldin tanishgan Solihning tarafdori Kenja Musayevni esa “ta’qiblardan qochib”, mobil telefondan xavfsiz foydalanishga o‘rgatish so‘ralgan.

    Shundan keyin Abdullayev Nasriddinovni oktabr o‘rtasida ko‘rgan bo‘lsa, Musayevga esa pul bergan. “Kenja Musayevning MXX tergov izolyatorida bergan ko‘rsatmasida keltirilishicha, men uni konstitutsiyaviy tuzumni ag‘darishga undagan ekanman. Aytgancha, u oramizda yo‘q. Avvaliga unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, biroq keyin qo‘yib yuborildi. Negaligini bilaman — u bu yerga guvoh sifatida keladi va menga qarshi ko‘rsatma beradi”, — dedi sudlanuvchi.

    Bobomurod Abdullayev “O‘rim” loyihasi haqida gapirar ekan, ekspertiza natijalariga ko‘ra uning muallifi kim ekanligi aniqlanmagan.

    Sudlanuvchining ta’kidlashicha, MXX tergovchilari undan zo‘rlik bilan Galima Buxarbayeva ( “C-1” sayti), Markus Bensman, Sirojiddin Tolipov, Shuhrat Bobojonov (“Ozodlik”), Pahlavon Turg‘unov (BBC), Nigora Hidoyatova (“Ozod dehqonlar” partiyasi), Nadejda Atayeva (“Markaziy Osiyodagi inson huquqlarini himoya qilish” assotsiatsiyasi) va G‘ofur Rahimovga (Xalqaro boks assotsiatsiyasi prezidenti vazifasini bajaruvchi) qarshi ko‘rsatma berishga majburlagan, xuddiki Muhammad Solih yuqorida ismi keltirilgan shaxslardan ma’lumot olib turgan.

    Abdullayevning tergovchilarni so‘zlariga tayanib aytishicha, yuqorida ismi keltirilganlarga nisbatan jinoyat ishi ochilgan bo‘lib, ular O‘zbekistonga qaytishi bilan “chegaradayoq qo‘lga olinadi”. “Ishonmasliklaringizni so‘rayman. Sizga nisbatan mening yolg‘on ko‘rsatmalarim asosida yangi jinoyat ishi ochilgan. Meni o‘zim tanimagan odamlarning ismini aytishim uchun 5-noyabga qadar, 38 kun kaltaklashdi”, — dedi sudlanuvchi.

    Solih bilan tanishuv

    2003-yilda Abdullayevni Oslodagi anjumanga taklif etishgan. U yerda Abdullayev Solih bilan tanishib qolib, undan intervyu olgan. U Solih bilan 2008 yoki 2009-yildan boshlab muloqot qila boshlangan. Solih rafiqasining “Haqiqiy tibbiyot” nomli 700 varaqli kitobini tarjima qilish uchun tarjimon qidirgan. Abdullayev uni 5000 dollar evaziga tarjima qilishga kelishib olgan va ishni bir yil ichida bajargan.

    2011-yilda Solih kitob tarjimoni bilan tanishish uchun Abdullayevni o‘zining Turkiyadagi uyiga taklif qilgan. Abdullayev u yerda 10—15 kun bo‘lgan. Shundan keyin ular o‘rtasida “O‘zbekiston xalq harakati” saytiga “Usmon Haqnazarov” taxallusi ostida maqolalar joylashtirish bo‘yicha hamkorlik boshlangan.

    Abdullayev o‘ziga taqdim etilgan ayrim ma’lumotlar asosida maqolalar yozishni istamaganidan so‘ng ular o‘rtasidagi munosabat darz ketgan. Shunda maqolalarni boshqa mualliflar yozgan, biroq materiallar “Usmon Haqnazarov” taxallusi ostida chop etilavergan. Masalan, “Sarimoy fojiasi haqida haqiqat”, “‘Tinchliksevarlar’ga Suriya darslari va javoblari”, “Islom Karimov umrbod hukumat tepasida qolishga qaror qildi”, “Islom Karimovning ‘tabiiy’ o‘limini qanday qilib tashkillashtirishdi”, “Imzolovchilar haqida” maqolalari shular jumlasidan.

    “Men taxallusimni deyarli qizg‘onmasdim”, — deydi ayblanuvchi. Abdullayevning aytishicha, Jinoyat ishida ko‘rsatilgan 142 ta maqoladan uzog‘i bilan 100 tasini “Usmon Haqnazarov” taxallusi ostida o‘zi yozgan.

    Abdullayev Solihdan pul olganini, biroq bu pullar avtomobilini ta’mirlash uchun qarzga olinganini tan oldi.

    Abdullayevning ma’lum qilishicha, tergovchi Veselov agarda sudda qiynoqlar haqida gapiradigan bo‘lsa, maksimal jazo muddatini — kamida 10 yil olishi haqida ogohlantirgan. Kamroq muddatga qamalishi uchun Abdullayev o‘zining qiynoqqa solinmaganini, ayblarini tan olganini va bunga uni Solih majburlaganini aytishi kerak bo‘lgan.

    Abdullayev aybsizlik prezumpsiyasi prinsiplariga rioya etilmaganini tanqid qildi. “MXX bizning mahallamizga xat yubordi (to‘rt nafar sudlanuvchining mahallasiga): yig‘ilish o‘tkazib, xatti-harakatlarni muhokama qilishdi. Qo‘shko‘pir tumani hokimiyatida ham o‘tkazishdi. Bizning aybimiz hali isbotlanmadi, sud hali bo‘lgani yo‘q-ku, ularning nima haqqi bor bizni mahallada muhokama qilishga? Bu mahalla fuqarolar yig‘inimi yoki mahalla davlat xavfsizligi yig‘ini? Menga bu Jinoyat-protsessual kodeksida mavjudligini aytishdi”, — deya qo‘shimcha qiladi u.

    Abdullayevning ta’kidlashicha, MXX tergov izolyatorida unga nisbatan “DIP rezolyutsiyasi” (ruscha “доставить, избить, посадить” — “eltmoq, kaltaklamoq, qamamoq”ning qisqartmasi) qo‘llanilgan. Bundan tashqari u tergovchilardan boshqa terminlarni ham o‘rgangan: “DIIIP” (ruscha “доставить, жестоко избить, посадить” — “Eltmoq, qattiq kaltaklamoq, qamamoq”ning qisqartmasi) va DIIIPL (L harfi ruscha “ликвидировать” — “yo‘q qilmoqda”ning qisqarmasi).

    Savol va javoblar

    Advokat Sergey Mayorov: Siz va boshqalar “Usmon Haqnazarov” taxallusi ostida maqola yozish orqali nimani maqsad qilgansiz?

    Bobomurod Abdullayev: Jinoyat ishida men yozmagan ayrim maqolalar nomi keltirilgan. Men o‘z maqolalarimni millatimizni va xalqaro hamjamiyatni yuqorida o‘zbek xalqiga qarshi bo‘layotgan jinoyatlardan ogoh etish uchun yozganman. Men axborotni vaqtinchalik foydalanish uchun ishonib topshirilgan boylik deya hisoblayman. Men uni qayta ishlab, xalqqa taqdim etaman. Mening maqsadim — jamoatchilikni ogohlantirish.

    SM: Nega siz o‘z maqolalaringizni rasmiy OAVda emas, balki internet nashlarida chop etgansiz?

    BA: Rasmiy nashriyotlar chop etmasdi. Men faqat erkin bo‘lgan nashrlarda chiqarardim. Chop etishga imkoniyat berishgan joydagina chop etardim.

    SM: O‘z maqolalaringizda O‘zbekistonning ijobiy taraflari keltirilgan faktlarni sanab bering. Shu kabi maqolalaringizdan misol keltiring.

    BA: Men 15 yil davomida birinchi navbatda Konstitutsiyamizni takomillashtirishni taklif qilganman. Konstitutsiya qanchalik nozik bo‘lsa, uni buzib o‘tish shunchalik oson. U juda o‘zgaruvchan, aniq emas. Barchasini batafsil yozish kerak, prezident inauguratsiyasi qachon o‘tkazilishidan tortib, saylovlarning qanday bo‘lishigacha. Mana, O‘zbekistonda aybsizlik prezumpsiyasi amal qiladi deb yozilgan. Ajoyib, go‘zal, biroq sud boshlanmasidan turib, bizni mahalalarimizda muhokama etishayotgan bo‘lsa, qani amal qilingani shumi? Men bu kabi vaziyatlarning oldini olish uchun Jinoyat va Jinoyat-protsessual kodeksimizni G‘arb namunalari asosida o‘zgartirishni taklif qilganman. Iqtisodiyotning liberallashtirilishini so‘raganman. Hamma joyda qaqshatishdi, biznes hech qayerga siljimadi, yopiq siyosat bo‘lgani uchun iqtisodiyotni siyosat belgilab berdi. Ko‘p partiyalik sonda emas, mafkurafiy ma’noda bo‘lishi kerak. Shavkat Mirziyoyev hozirda amalga oshirayotgan ishlarni men 8—15 yil oldin yozganman. U o‘zini muxolifat deb atovchi odamlar qilishni istagan ishlarni bajarmoqda.

    SM savolni qaytaradi.

    BA: Ha. 2017-yilda men ijobiy o‘zgarishlar haqida yozganman… Prezident Yoshlar ittifoqi raisidan u ayollarni o‘z ro‘molini yechishga majburlaganligi uchun ta’na qilganini yozganman. Shundan keyin MXXga prezident tomonidan boshlangan liberal islohotlar yoqmayotganligi, ular barchasi Karimov davridagidek qolishini istayotganliklari haqida bir qator maqolalar yozganman. Men bundayin mas’uliyatli onda shu kabi katta ishlarni bajarishga bir o‘zi jazm etgan Prezidentni xalq islohotlarga qarshi katta kuchlardan himoya qilishi kerak ekanligini, bu kabi imkoniyat boshqa bo‘lmasligi haqida yozganman.

    SM: Hukumat tepasida Islom Karimov bo‘lgan vaqtda vaziyatni o‘zgartirishning iloji yo‘q, deya ta’kidlangan maqolalarning muallifi sizmisiz?

    BA: Konstitutsion tuzumni ag‘darish haqida so‘z boradigan 5—6 ta maqolaning muallifi men emasman. Ularga aloqam yo‘q. Men demokratik o‘zgarishlarni boshlashga Karimovning erkin irodasi yo‘qligi borasida o‘z fikrimni bildirdim. O‘zgarishlarni boshlashda unga qarshilik ko‘rsatgan narsalarni, hozirda Mirziyoyev amalga oshirmoqda.

    SM: Dastlabki tergov vaqtida tergovchilar internetga joylashtirilgan 142 ta maqolaning har biri borasida sizga savol berdimi? Ma’no jihatidan tahlil qilindimi?

    BA: Ular ma’no jihatidan savol bermadi, hatto sarlavhalarini ham bilmasdi. Ular faqatgina men ushbu maqolalarning rostdan ham muallifi ekanligimni va ma’lumotlarni kimdan olib turganligimni so‘radi.

    SM: Muhammad Solih bilan munosabatlaringizni yana bir bor tushuntirib bera olasizmi? Meni sizning qarashlaringiz qanchalik mos kelishi yoki farq qilishi qiziqtiradi?

    BA: Men uni shoir sifatida, o‘zining uch nafar aka-ukasi qamalganiga qaramay, taslim bo‘lmasdan kurashishni davom ettirgan muxolifatchi sifatida hurmat qilaman.

    SM: Konstitutsiyaviy tuzumni ag‘darish bo‘yicha jangovar bo‘linmalarni tashkil etish borasida kimdir sizga ko‘rsatma berganmi?

    BA: Hech kim menga bunaqangi ko‘rsatma bermagan.

    SM: Nega sizni 2017-yilning sentabrida qo‘lga olishdi, avvalroq emas?

    BA: Men Islom Karimov, Gulnora Karimovaga qarshi yozganimda ularga yoqayotgan edi. Ular bunga qarshimasdi. 2017-yilda ularga qarshi yozishni boshlaganimda, ular ushbu qimmat apparatni qidirishga tushishdi…

    SM: “O‘rim” loyihasiga qanday aloqangiz bor?

    BA: Hech qanday aloqam yo‘q. Meni uni birinchi bor 19-mart kuni ko‘rganman. Hatto ekspertiza ham uni kim yozganini aniqlay olmadi — Abullayevmi yoki Solih. Men buni qiynoqlar ostida tan oldim.

    SM: Sizga tegishli magnit tashuvchilardan “Usmon Haqnazarov”ga tegishli maqolalar va “O‘rim” rejasi haqidagi ma’lumotlar topilganiga tushuntirish bera olasizmi?

    BA: Ular buni men ekspertizada bo‘lmaganim uchun topgan. Men fayllarni qayta tiklash jarayonida ishtirok etmaganman. Uni hibsga olinganimdan so‘ng tashlab qo‘ygan.

    SM: Siz o‘zingizni jurnalist deb hisoblaysizmi? Agarda “ha” bo‘lsa, nega sizda tegishli akkreditatsiya bo‘lmagan?

    BA: Ha, hisoblayman. Meni ishga qabul qilishdan qo‘rqishardi. “Siz ‘Ozodlik’da, IWPR’da ishlagansiz…”. Men o‘ziga hech narsa “bog‘liq bo‘lmagan” mustaqil jurnalist sifatida ishladim.

    Prokuror Bahrom Qobilovning savollariga javob bergan Bobomurod Abdullayev boshqa odamlar “Usmon Haqnazarov” taxallusidan foydalanishi mumkin bo‘lganini, biroq uning o‘zi bunga qarshilik ko‘rsatganini ma’lum qildi.

    Bundan tashqari, Abdullayev va Solih chop etilgan maqolalar uchun javobgarlik shartlarini muhokama qilmagan. Agarda Abdullayevni qo‘lga olishsa, u bularni boshqa odam yozganligini ta’kidlashi kerak bo‘lgan.

    Bobomurod Abdullayev “Usmon Haqnazarov” taxallusi qayerdan paydo bo‘lganliga izoh berdi. Uning aytishicha “Usmon” ismini u shoira Gulchehra Nurullayevaning marhum turmush o‘rtog‘ining ismi sharafidan olgan. U shoiraning erini oliyjanob va yaxshi inson sifatida bilgan va zehn hamda xulq-atvor jihatidan unga o‘xshashga intilgan. Taxallusning ikkinchi qismida “Haq” — Alloh, “nazar” — qaramoq, nigoh tashlamoq so‘zlaridan olingan. “Alloh ushbu maqolalar orqali o‘zbek xalqining muammo va kulfatlariga e’tibor qaratishi uchun”, — deydi ayblanuvchi.

    Sudya ayblanuvchidan “Muhammad Solih ushbu taxallus ostida boshqa maqolalarni chop etib kelishuvni buzdimi?”, deb so‘radi. Abdullayev ijobiy javob berdi.

    Mavzuga doir: Bobomurod Abdullayev: Men pul uchun emas, e’tiqodimdan kelib chiqib yozar edim

    30.03.2018, 19:05   Izoh (0)   87227
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Fuqaroni jamg‘arib boriladigan pensiya tizimida hisobga qo‘yish uchun Davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilish mumkin bo‘ladi

    30.03.2018, 18:52

    Farg‘onada 2 yoshli bola ko‘chasidan o‘tgan ariqda cho‘kib ketdi

    30.03.2018, 18:38

    Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugning harbiy qism komandirlariga yangi Nexia avtomobillari taqdim etildi (foto)

    30.03.2018, 18:26

    “Bundan boshqa yo‘l yo‘q!”. Shavkat Mirziyoyev Afg‘oniston bo‘yicha asosiy maqsad va vazifalarni sanadi (video)

    30.03.2018, 18:00

    Nika Gilauri: Amaldagi Soliq kodeksi O‘zbekiston iqtisodiyoti va xususiy sektorning rivojlanishiga katta to‘sqinlik qilmoqda

    30.03.2018, 17:33

    Prezident Jizzaxda qurilish materiallari korxonalarini ko‘paytirish bo‘yicha topshiriq berdi

    30.03.2018, 17:18
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    Sistit — bu uyat emas!


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi

     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Inzagi va Enrike final oldidan nimalar dedi?

    Sport | 31 may, 18:59

    Ochiq fazodagi ilk mehmonxona 2027-yilda foydalanishga topshiriladi

    Texnologiyalar | 31 may, 18:55

    O‘zbekistonda YouTube monetizatsiyasi yoqilishi YIMni ko‘paytirishi mumkin — tahlil

    O‘zbekiston | 31 may, 18:31

    Genetik modifikatsiyalagan o‘rgimchaklar qimmatbaho ipak tolasi ishlab chiqara boshladi

    Texnologiyalar | 31 may, 17:55

    “Loyiha ortida AQSH, nishonda esa Xitoy” — katta geosiyosiy o‘yindagi yangi iqtisodiy koridor

    Dunyo | 31 may, 17:25

    Xiaomi o‘ta yupqa va magnit bilan yopishadigan yangi poverbank taqdim etdi

    Gadjetlar | 31 may, 16:55

    Murodjon Ahmadaliyev meksikalik, Bektemir Meliqo‘ziyev esa amerikalik bokschini mag‘lubiyatga uchratdi

    Sport | 31 may, 16:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.