O‘qituvchilarga yuklanayotgan ortiqcha hujjatbozlik masalasi bo‘yicha maxsus savolnoma tashkil etildi. Bu haqda Xushnudbek Xudoyberdiyev Facebook’dagi sahifasida ma’lum qildi.
“Iltimos, ushbu savolnoma orqali o‘z fikr, taklif va tanqidlaringizni qoldirsangiz. Bizga ma’lum qilishlaricha, savolnoma natijalari asosida ta’lim sohasidagi ortiqcha qog‘ozbozliklarga barham berish yuzasidan amaliy choralar ko‘riladi”, — deyiladi postda.
Unda, shuningdek, savolnoma tashkilotchisi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi ekanligi ma’lum qilinadi.
Izoh (0)