Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha Oliy vakili Federika Mogerini “Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik” mavzuida Afg‘oniston bo‘yicha yuqori darajadagi Toshkent xalqaro konferensiyasida ishtirok etish uchun mamlakatimizga tashrif buyurdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Foto: O‘zA

Foto: O‘zA

Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni O‘zbekiston Respublikasining rasmiy shaxslari kutib oldi.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan Afg‘oniston bo‘yicha yuqori darajadagi Toshkent xalqaro konferensiyasining asosiy tadbirlari 27-martga mo‘ljallangan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Virtual kartalar nima va ulardan qanday qilib to‘g‘ri foydalanish mumkin?
Dunyo
Twitter ofisida xodimlar uchun karavotlar paydo bo‘ldi, Ilon Mask avvalroq me’yoridan ortiqcha ish bo‘lishi haqida ogohlantirgandi
Mahalliy
Xorazmda ikki kishi is gazidan vafot etdi