Qrimdagi Lenino shaharchasida huquq-tartibot organlari xodimlari politsiyachiga o‘q uzgan O‘zbekiston fuqarosini qo‘lga oldi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
Ayblanuvchi 19-mart kuni o‘z xizmat vazifasini bajarayotgan politsiyachiga qarata travmatik to‘pponchadan o‘q uzgan. Politsiyachi yelkasidan jarohat olgan.
O‘zbekiston fuqarosiga nisbatan Rossiya Jinoyat Kodeksining 318-moddasi 2-qismida ko‘zda tutilgan jinoyatni sodir etganligi uchun ayblov e’lon qilingan.
Hozirda sodir etilgan jinoyat sabablari o‘rganilmoqda.
Izoh (0)