O‘zbekiston Prezidentining xalqaro shartnomalarga qo‘shilish to‘g‘risidagi qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.
Qarorga asosan O‘zbekiston MDH davlatlari moliyaviy razvedka bo‘linmalari rahbarlarining kengashini tashkil etish to‘g‘risidagi kelishuv (Ashxobod, 05.12.2012-yil) va mazkur kelishuvga o‘zgartirishlar kiritish haqidagi bayonnomaga (Minsk, 10.10.2014-yil) qo‘shildi.
Mazkur xalqaro shartnomalarning amalga oshirilishiga Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti mas’ul etib belgilanmoqda.
Mazkur Kengashning aosiy vazifalaridan biri jinoiy daromadlarni legallashtirish (yuvish) va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashishga mas’ul bo‘lgan MDH davlatlarining tegishli tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirib borish hisoblanadi.
Izoh (0)